×

Stanford University: PhD uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1694 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Stanford University navbatdagi EDGE: Enhancing Diversity in Graduate Education Doctoral Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitetning School of Earth, School of Energy & Environmental Sciences, School of Education, School of Engineering va School of Humanities and Sciences maktablarida oʻqitiladigan PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar mahalliy va xorijlik talabalar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya ikki-uch yilga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki-uch yil davomida kontrakt toʻlovi va yashash xarajatlari toʻliq qoplab beriladi va sayohat uchun ham mablagʻ ajratiladi. Barcha ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Stanford Universityning School of Earth, School of Energy & Environmental Sciences, School of Education, School of Engineering va School of Humanities and Sciences maktablarida oʻqitiladigan PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  6. Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  7. Nomzod sohaga oid tadqiqotlarda ishtirok etgan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet School of Earth, School of Energy & Environmental Sciences, School of Education, School of Engineering va School of Humanities and Sciences maktablarida oʻqitiladigan PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant beriladigan boʻlim/sohalarning har biri alohida qabul talablariga eg. Shuningdek, dedlayn muddatlari ham farq qiladi. Shu sababli aniq dedlayn muddati belgilanmagan. Muddat va talablarni tanlagan kurs sahifasidan yoki fakultet/boʻlimdan aniqlash lozim.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  • Grantga nomzod oʻzi ariza bera olmaydi. Nomzodni fakultet yoki boʻlim rahbariyati koʻrsatadi. Shuning uchun nomzod avval oʻqishga kirishi kerak.
  • Grant beriladigan fakultet/boʻlimlaridagi PhD kurslari roʻyxatidan oʻzingizga mos keladigan kursni tanlang va oʻqishga ariza bering.
  • Grantga ariza berish uchun esa, avvalo talab va cheklovlarni oʻqib chiqing.
  • Grant borasidagi savollar yuzasidan va yoʻriqnoma olish uchun: shu yerga murojaat qilish mumkin.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • CV/resume.
  • Research proposal.
  • Cover letter.
  • Diplom va diplom ilovalari.
  • Ish tajribasi va erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
  • Esse yoki motivatsion xat (agar lozim boʻlsa).
  • Test natijalari (GMAT, GRE, TOEFL/IELTS).

Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan imkon qadar tez fursatda bogʻlaniladi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!