×

Avstraliya: Magistratura bosqichiga 20 325 AQSh dollar grant; tadqiqot uchun 10 163 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

27.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2068 marta

Avstraliyaning Queensland University of Technology (QUT) 2020-yilda boshlanadigan kurslar uchun Process engineering masters by research scholarships dasturiga arizalar qabulini e’lon qiladi. Dastur doirasida science, technology, engineering and maths (STEM) sohasi magistratura kurslarida ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori bilimli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Grant bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichlari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga quyidagi grantlar taklif etiladi:

  1. Grant yutib olgan nomzodga yashash xarajatlari uchun 30 000 AUD (taxminan 20 325 USD) pul ajratiladi.
  2. Ilmiy tadqiqot uchun esa 15 000 AUD (taxminan 10 163 USD) mablagʻ beriladi.
  3. Nomzod kontraknti qoplashni soʻrab xomiylarga murojaat qilishi mumkin. Batafsil: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod STEM sohalari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod QUTning kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. GPA 7,0 dan kamida 5,0 boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 6,5 boʻlishi lozim.
  6. Nomzoddan GMAT sertifikati soʻraladi.
  7. Universitetning boshqa grantini olayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar qabul qilish dedlayni 2020-yilda boshlanadigan kurslarga 2020-yil 27-yanvargacha. Dasturda qatnashish uchun alohida ariza berish talab etiladi.

Hujjat tophirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Kirish talablari va hujjatlar tartibi: shu yerda.
  2. Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  3. Tanlangan kurs sahifasidagi kirish talablari bilan tanishing va ariza toʻldiring.
  4. Barcha soʻralgan hujjatlarni toʻldiring. Ilmiy rahbar sifatida esa, arizangizda Associate Professor Robert Speightni koʻrsating. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:
  • Cover letter.
  • CV/resume.
  • Bakalavr diplomi va baholar.
  • 2 betgacha qisqacha rsearch summary yozish kerak. Unda avvalgi diplom ishi tadqiqotlaringiz va kelajakdagi tadqiqotga oid qiziqishlaringiz aks etishi lozim.
  • 3 ta tavsiyanoma beruvchi shaxslarning ism-sharifi, telefon raqami va elektron pochta ma’lumotlari.

Kerakli hujjatlar (qoʻshimcha):

  1. Toʻldirilgan arizalar. (Ariza shaklida talab etilgan barcha hujjatlar batafsil ma’lumotlar bilan taqdim etilishi kerak.)
  2. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  3. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball).
  4. GMAT/GRE sertifikati (kamida 600 ball).
  5. Pasport nusxasi.
  6. 2 ta tavsiyanoma.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur.

Ma’lumot uchun: shu yerga yoki qut.intadmission@qut.edu.au manziliga muroaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!