×

Anglia Ruskin University: Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqish uchun 12 500 funt-sterliggacha grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1268 marta

Angliyaning Anglia Ruskin University talabalardan Sport Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning barcha bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqiydigan sportchi talabalarga beriladi.

Grant dasturiga ariza berayotgan nomzod Cambridge va Chelmsford kampuslarida tashkil etiladigan 3 ta bosqichdagi sport musobaqalarida qatnashishi kerak:

  • Podium.
  • Elite.
  • Competition.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olish uchun nomzod universitet fitness markazlari va stadionlarida tashkil etiladigan sport musobaqalarida qatnashib, gʻolib boʻlishi kerak.

Nomzodlar quyidagi miqdorlardagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi:

  • Podium level – 12 500 funt-sterling.
  • Elite level 1 400 funt-sterling.
  • Competition level – 500 funt-sterling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bgʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning Cambridge va Chelmsford kampuslarida tashkil etiladigan 3 ta bosqichdagi sport musobaqalarida qatnashishi kerak.
  3. Nomzod universitetning Cambridge, Chelmsford yoki Peterborough Guild House kampuslarida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan birida oʻqishga kirgan/oʻqiyotgan boʻlishi lozim.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Qabul 2020-yil yanvarda boshlanadi va taxminan 1-3-martgacha qabul qilinadi. Grant olish uchun avval universitetda oʻqitiladigan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak. Yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklar roʻyxatidagi har bir dastur veb-sahifasi oxirida ariza uchun link berilgan. Shu linkdan foydalanasiz. Grantga esa alohida ariza berasiz. Grantga dedlayn muddati – yil davomida.

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Roʻyxatdan kerakli dastur tanlanadi.
  2. Dastur sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply online” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.
  4. Grantga ariza shaklini yuklab olib toʻldirish va topshirish lozim.
  5. Grantga ariza berishdan oldin yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.
  6. Grant arizasiga nima uchun bu grantga loyiqligingi haqida yozilgan statementni ham qoʻshib topsirasiz.

Oʻqishga qabul va grant uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi, diplom ilovasi.
  2. Shaxsiy ariza.
  3. Pasport va viza (zarur boʻlsa).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 va/yoki undan yuqori).
  5. CV/Resume.

Barcha hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Nomzodlarni saralash ularning musobaqadagi ishtiroki, akademik yutuqlari, sohaga tegishli tajriba va bilimlari, tadqiqotchilik hamda ilmiy salohiyati, kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Nomzodlar 2020-yil aprel-may oylarida suhbatga chaqiriladi. Natijalar suhbatdan keyin eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: vcphdstu@anglia.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!