Australian Book Review tomonidan har yili o’tkazib kelinadigan Peter Porter Poetry Prize – 2021 tanlovi uchun she’rlar qabul qilish jarayoni boshlandi. Ushbu tanlovda ingliz tilida ijod qila oladigan istalgan kishi ishtirok etishi mumkin. Nomzoddan faqatgina hozirgi kunda o’z dolzarbligini yo’qotmagan mavzuga oid 70 ta satrdan oshmagan hajmdagi she’r taqdim etish talab qilinadi. She’rlar istalgan mavzuda bo’lishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovning mukofot jamg’armasi 10 000 Avstraliya dollariga teng.
- First Prize – she’rlar tanlovining mutloq g’olibi 6000 AUD (taxminan 4 329 USD) bilan mukofotlanadi.
- She’rlar tanlovining 2-3-4-5-o’rin sohiblari har biri 500 AUD (taxminan 338 USD) bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat vakili ariza topshira oladi.
- Nomzod istalgan mavzuga oid 70 tagacha qator (satr)dan oshmagan hajmdagi she’r taqdim etishi lozim.
- She’r ingliz tilida bo’lishi talab etiladi.
- Taqdim etilyotgan she’r avval hech qanday tanlovda ishtirok etmagan yok hech bir nashriyotda chop etilmagan bo’lishi lozim.
Barcha talablar hamda cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Australian Book Review tomonidan e’lon qilingan she’rlar tanloviga ro’yxatdan o’tish uchun shu yer orqali ariza to’ldirib jo’natishingiz lozim.
Tanlov uchun she’rlar 2020-yil 1- oktyabr sanasidan kechikmasdan online tarzda yuborlishi lozim. Tanlovga she’rlarni taqdim etish uchun to’lov amalga oshirish kerak:
- Australian Book Review jurnaliga obuna bo’lganlar yoki OTMda tahsil olayotgan talabalar bitta she’r topshirish uchun 15 Avstraliya dollari (taxminan 11 AQSh dollari) to’lashlari kerak.
- Boshqa qatashchilar 25 Avstraliya dollari (taxminan 18 AQSh dollari) to’lashlari zarur.
Topshirilgan she’rlarda qatnashchining ism-shrifi yoki uning shaxsini ko’rsatuvchi boshqa ma’lumotlar yozilishi mumkin emas. She’rlarning original tili ingliz tili bo’lishi zarur, tarjima qilingan she’rlar tanlovga qabul qilinmaydi!
She’rlar tanlovi haqida ko’p so’raladigan savollar bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: comments@australianbookreview.com.au