×

Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

20.09.2026

QOLGAN VAQT

132 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

16779 marta

AQSH elchixonasi Fulbright Visiting Scholar dasturining navbatdagi qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Grant universitetdagi PhD darajasiga ega professor-oʻqituvchilar, kamida 10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar va tadqiqotchilar (1-kategoriya) uchun  3-5 oy  davomida, oliy taʼlim muassasasida 3 yillik toʻliq stavka asosida dars berish tajribasiga ega oʻqituvchilar (2-kategoriya) uchun esa 1 semestr davomida tadqiqot oʻtkazish imkonini beradi.

1-kategoriyaga kiruvchi ishtirokchilar AQSHda quyidagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin:

  • Maʼruza oʻqish: universitetda toʻliq stavka asosida (full-time) maʼruza oʻqish (oʻqitish yoki konsultatsiya) bilan shugʻullanish uchun oʻqituvchilarga moʻljallangan.
  • Tadqiqot: Postdoktarlik darajasida toʻliq stavka asosida (full-time) chuqurlashtirilgan tadqiqot olib borish uchun olim/tadqiqotchilarga moʻljallangan.
  • Maʼruza oʻqish/tadqiqot: universitet darajasida ham maʼruza oʻqib, ham chuqurlashtirilgan tadqiqot olib borish uchun oʻqituvchilarga moʻljallangan.

Nomzodlarda AQSHda olib boroqchi boʻlgan faoliyatini boʻyicha takliflarini taqdim etishi kerak boʻladi.

2-kategoriya kiruvchilar Fulbright Junior Faculty dasturiga ariza topshirishi mumkin. Dastur 1 semestr AQSHda oʻquv dasturini ishlab chiqish boʻyicha amaliyotlar va nazariy yondashuvlarni tadqiq qilish imkonini beradi. Bunda nomzod muayyan kurs uchun qanday qilib oʻquv dasturi ishlab chiqish boʻyicha aniq strategiyalarni oʻz ichiga olgan taklifni taqdim etishi kerak.

Nomzodlar deyarli barcha soha boʻyicha qatnashishi mumkin. Faqat bevosita bemorlar parvarishi bilan bogʻliq sohalarga ariza topshirib boʻlmaydi. Bu sohada faoliyat yuritayotgan nomzodlar jamoat salomatligi yoki sogʻliqi saqlash tizimi boshqaruvi sohalarida tadqiqot/mashgʻulot olib borish uchun ariza topshirishi mumkin.

Joriy yilgi qabulda quyidagi sohalardagi arizalarga ustunlik beriladi:

  • Sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazasi fani va raqamli ko‘nikmalar (shu jumladan informatika, kiberxavfsizlik va mas’uliyatli sun’iy intellekt);
  • Muhim minerallar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlovchi STEM fanlari, masalan, yarimo‘tkazgichlar, muhim minerallar geologiyasi va kon ishlari muhandisligi, materialshunoslik va energetika tizimlari.
  • Yadro muhandisligi va fuqarolik yadro siyosati, xavfsizlik, himoya va tarqalmaslik ustiga urg‘u bilan.
  • Kosmos, masofadan zondlash va aerokosmik muhandislik. Qo‘shimcha ustuvorlik qurilish muhandisligi, ekologik muhandislik, qurilish muhandisligi va energetika (ayniqsa qayta tiklanadigan energetika va resurslarni boshqarish), qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar sohasida ishlab chiqarishni va barqarorlikni oshirish.

Grant kimlar uchun?

PhD darajasiga ega boʻlgan professor oʻqituvchilar yoki 10 yillik mehnat tajribasiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
  • AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.
  • J-2 vizasi bo‘yicha bir nafar oila a’zosi uchun moliyaviy yordam (aviachipta ham olib beriladi)

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • O‘zbekiston tomonidan berilgan amal qiluvchi pasportga ega bo‘lgan fuqaro yoki doimiy rezident bo‘lishi va ariza berish hamda tanlov jarayoni davomida Oʻzbekistonda yashashi kerak.
  • PhD yoki unga teng darajadagi unvonga ega bo‘lishi yoki tanlangan ta’lim sohasida kamida 10-yillik ish tajribasiga ega tajribali mutaxassis bo‘lishi kerak.
  • Hozirda oliy ta’lim muassasasi, tadqiqot markazi yoki tegishli davlat/nodavlat tashkilotida ishlayotgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2026-yilning 20-sentabrigacha onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Bunda nomzodlar dastlab hisob (akkaunt) yaratishi kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Dastlab ariza topshirish boʻyicha Yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
  2. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiring.
  3. Arizani toʻldiring,  soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Arizalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • AQSHda tadqiqot va/yoki ma’ruzalar o‘qish bo‘yicha taklif etilayotgan faoliyatning batafsil bayoni
  • Bibliografiya (tadqiqot taklifi) va/yoki kurs o‘quv dasturlari (ma’ruzalar o‘qish taklifi)
  • AQSH muassasasidan taklifnoma
  • CV /Rezyume
  • Ikkita tavsiyanoma
  • Siz ayni vakqda ishlayotgan muassasangizdan qo‘llab-quvvatlash/ta’til xati talab qilinmaydi, lekin bunday hujjatni topshirish juda tavsiya etiladi va arizangizni baholashda hisobga olina

Hujjat topshirish jarayoni, hujjatlar tarkibi va ularga qoʻyilgan talablar bilan Yoʻriqnomada batafsil tanishishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin:
TashkentFulbright@state.gov

Savol soʻrab email yuborilganda email mavzusiga (subject) Fulbright Visiting Scholar deb yozilishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va ariza topshirish boʻyicha Yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!