×

Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

16.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10308 marta

AQSH elchixonasi Fulbright Visiting Scholar dasturining navbatdagi qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Grant universitetdagi PhD darajasiga ega professor-oʻqituvchilar, kamida 10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar va tadqiqotchilar (1-kategoriya) uchun  3-5 oy  davomida, oliy taʼlim muassasasida 3 yillik toʻliq stavka asosida dars berish tajribasiga ega oʻqituvchilar (2-kategoriya) uchun esa 1 semestr davomida tadqiqot oʻtkazish imkonini beradi.

1-kategoriyaga kiruvchi ishtirokchilar AQSHda quyidagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin:

  • Maʼruza oʻqish: universitetda toʻliq stavka asosida (full-time) maʼruza oʻqish (oʻqitish yoki konsultatsiya) bilan shugʻullanish uchun oʻqituvchilarga moʻljallangan.
  • Tadqiqot: Postdoktarlik darajasida toʻliq stavka asosida (full-time) chuqurlashtirilgan tadqiqot olib borish uchun olim/tadqiqotchilarga moʻljallangan.
  • Maʼruza oʻqish/tadqiqot: universitet darajasida ham maʼruza oʻqib, ham chuqurlashtirilgan tadqiqot olib borish uchun oʻqituvchilarga moʻljallangan.

Nomzodlarda AQSHda olib boroqchi boʻlgan faoliyatini boʻyicha takliflarini taqdim etishi kerak boʻladi.

2-kategoriya kiruvchilar Fulbright Junior Faculty dasturiga ariza topshirishi mumkin. Dastur 1 semestr AQSHda oʻquv dasturini ishlab chiqish boʻyicha amaliyotlar va nazariy yondashuvlarni tadqiq qilish imkonini beradi. Bunda nomzod muayyan kurs uchun qanday qilib oʻquv dasturi ishlab chiqish boʻyicha aniq strategiyalarni oʻz ichiga olgan taklifni taqdim etishi kerak.

Nomzodlar deyarli barcha soha boʻyicha qatnashishi mumkin. Faqat bevosita bemorlar parvarishi bilan bogʻliq sohalarga ariza topshirib boʻlmaydi. Bu sohada faoliyat yuritayotgan nomzodlar jamoat salomatligi yoki sogʻliqi saqlash tizimi boshqaruvi sohalarida tadqiqot/mashgʻulot olib borish uchun ariza topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD darajasiga ega boʻlgan professor oʻqituvchilar yoki 10 yillik mehnat tajribasiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
  • AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nozmod Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekistonda doimiy rezident boʻlishi hamda ariza topshirish davri mobaynida Oʻzbekistonda istiqomat qilishi kerak.
  • Nomzod oʻzi tanlagan sohada kamida PhD darajasiga (yoki shunga teng ilmiy darajaga) yoki 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ayni vaqtda OTM, tahlil markazi (think tank) yoki tegishli hukumat yoxud nohukamat tashkilotida ishlayotgan boʻlishi keark.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2023-yilning 16-sentabrigacha onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Bunda nomzodlar dastlab hisob (akkaunt) yaratishi kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Dastlab ariza topshirish boʻyicha Yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
  2. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiring.
  3. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjat topshirish jarayoni, hujjatlar tarkibi va ularga qoʻyilgan talablar bilan Yoʻriqnomada batafsil tanishishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin:
TashkentFulbright@state.gov

Savol soʻrab email yuborilganda email mavzusiga (subject) Fulbright Visiting Scholar deb yozilishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va ariza topshirish boʻyicha Yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!