×

Kanada: Barcha bosqichlar uchun qisman grantlar; joy – 53 ta!


Grant

MUHLAT

01.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

5623 marta

Kanadaning University of Winnipeg oliygohi 2021-yil kuzgi semestrda boshlanadigan kurslarga ajratiladigan President’s Scholarship for World Leaders dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning barcha bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalish, bosqich va kursga qarab farq qiladi.  Batafsil ma’lumotni quyidagi sahifalardan aniqlang:

Grant yutib olgan talabaga 5000 Kanada dollari (3954 AQSh dollari) grant beriladi. Barcha kurslar uchun jami 53 nafar grant o’rni mavjud.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning istalgan kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod avvalgi ta’lim kursini yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan boʻlishi kerak. Baholari kamida 80% (100 dan) bo’lishi lozim.
  4. Grantni yutib olishni xohlovchi nomzodlar kirish talablariga javob berishlari birinchi navbatda muhim hisoblanadi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oʻqishga kirishda IELTS kamida 6,5, TOEFL kamida 80 ball talab etiladi.
  6. Nomzod kunduzgi tartibda oʻqishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvaliga bakalavr, magistratura yoki boshqa kurslarga hujjat topshiriladi.  So’ng grantga ariza beriladi.

Grantga arizalar 1-uyungacha qabul qilinadi. Grant uchun kerakli hujjatlar awards@uwinnipeg.ca manziliga yuborilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza
  2. CV
  3. 250-500 so’zli personal statement
  4. Ikkita tavsiyanoma.

Kursga qabul uchun kerakli hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,5/TOEFL 80 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi/baholar. GPA kamida (100 dan) 80% boʻlishi kerak.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  • Esse/motivatsion xat.
  • ACT/SAT setifikati soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Barcha tafsilotlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!