×

Gollandiya: Biznes va menejment magistratura kurslari uchun 50% grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

3069 marta

Gollandiyada joylashgan Erasmus Universiteti  biznes fakulteti tomonidan taqdim etiladigan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar magistratura kurslariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarolari uchun ta’sis etilgan.

Dastur doirasida 2021-yildagi quyidagi kurslarga grant yutib olish mumkin:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Erasmus Universitetida kontrakt toʻlovi 18 700 yevro (Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarolari uchun) ni tashkil etadi. Grant yutib olgan talabaga kontrakt to’loviga 50% chegirma qilinadi. Grant faqat 1 yil beriladi. Agar talaba 2 yillik magistratura kursiga oʻqishga kirgan boʻlsa, keyingi yilgi kontrakt toʻlovini oʻzi toʻlashi va bunga imkoniyati yetishini koʻrsatishi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod YI va YIZ tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi boʻlishi lozim.
  • Erasmus Universitetidagi 2021-2022 yilgi belgilangan MSc magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr darajasiga (BSc) ega boʻlishi va baholari 100dan kamida 80% ni tashkil etishi kerak.
  • Nomzod GMAT testini topshirgan va kamida 700 ball toʻplagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod umumiy qiymati 5 000 yevrodan koʻp boʻlgan boshqa grantdan moddiy ta’minot olishi aniqlansa unga grant berilmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning barcha yuqoridagi roʻyxatlarda koʻrsatilgan magistratura bosqichlarida oʻqish uchun beriladi. Grantga hujjat topshirishdan oldin magistratura kursiga hujjat topshirish kerak.

Hujjat topshirish uchun shu yerda 2021-yil 1-martga qadar roʻyxatdan oʻtish kerak.

Roʻyhatdan o’tgandanso’tgandan sizga grant hujjat topshirish uchun havola taqdim etiladi. Kursgahujjat topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzodlikka qoʻyiladi va saralash me’zonlariga asosan eng munosib deb topilgan talabalarga grant belgilanadi.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Hujjatlar inglizcha yoki gollandcha (dutch) tarjima qilinib, notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.
  3. CV/resume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Kamida IELTS kamida 6,5 ball boʻlishi lozim.
  5. Motivatsion xat/ scholarship application letter. Unda siz nima uchun grantga ehtiyojimgiz borligini yozishingiz kerak. Xat 1 betgacha hajmda boʻlishi kerak.
  6. Pasport nusxasi.
  7. 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxsning kontaktlari. Bular magistaturaga hujjat berayotganlar uchun kerak.
  8. Bakalavr diplom ishingizning qisqacha tezisi soʻralishi mumkin.
  9. GMAT/GRE sertifikatlari. Kamida 700 ball GMAT sertifikati topshiriladi.

Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda va tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Nomzodlar baholari, intiluvchanligi, salohiyati va ingliz tilini bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2021-yil aprelda eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun savol-jvoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki shu yer orqali universitet bilan bogʻlanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!