Nitori International Scholarship Foundation jamg’armasi xorijlik talabalar uchun Privately Funded Scholarship 2020 grantlarini taklif etmoqda. Dastur yapon universitetlarining biriga 2020-yil aprel oyigacha bakalavr yoki magistratura kursiga o’qishga qabul qilinadigan nomzodlar uchun mo’ljallangan. Dastur g’olibiga 2020-yil aprel oyidan boshlab 1 yil davomida oylik stipendiya ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr/magistratura bosqichida ta’lim olayotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga 2020-yilning aprel oyidan boshlab bir yil davomida 80.000 iyena (taxminan 750$ AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.
Eslatma: Stipendiyaga munosib deb topilgan talabalar har oy hisobot taqdim etadilar. Stipendiya sifatida to’langan to’lov qaytarib olinmaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Grantga Yaponiyada tahsil olayotgan/oladigan xorijlik talabalar ariza bera oladilar.
- Nomzodlar Yaponiyaga «College Student Visa» ruhsatnomasi bilan kirgan bo’lishi kerak.
- Dasturda qatnashish uchun nomzod yapon universutetlaridan birining bakalavr/magistratura bosqichida o’qiyotgan bo’lishi yoki 2020-yil aprel oyigacha o’qishni boshlashi zarur.
- Nomzod bir vaqtning o’zida boshqa dastur bo’yicha stipendiya/moddiy yordam olishi mumkin emas.
- Nomzod ingliz yaxshi bilishi kerak.
- Nomzodlar suhbatda qatnashishlari uchun yapon tilini kamida kundalik muloqot qila oladigan darajada bilishlari kerak.
- Agar nomzod munosib deb topilsa, 2020-yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida o’tkaziladigan taqdimot marosimida ishtirok etishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. 2019-yil 31-oktabr – hujjatlar onlayn ariza shaklida qabul qilinadi.
2. noyabr – test sinovi o’tkaziladi.
3. dekabr (boshi) – saralash bosqichi bo’lib o’tadi.
4. dekabr (o’rtalari) – suhbat o’tkaziladi.
5. 2020-yil fevral – yakuniy natijalar e’lon qilinadi.
6. 2020-yil mart/aprel – g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.
7. 2020-yil aprel – stipendiya ajratilishi boshlanadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- 2 ta shaxsni tasdiqlovchi rangli rasm.
- O’qishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi asl hujjat.
- Qabul to’g’risida bildirishnoma nusxasi.
- Yashash joyingiz guvohnomasining nusxasi.
- Pasport nusxasi.
- Ilmiy rahbar tavsiyanomasi.
- Reyting daftarchasi asli.
- Ijara shartnomasi (ijara narxhi aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak).
- 1 ta qo’lda yozilgan insho.
- Yapon tilini bilish darajasi 1-darajali test (N1).
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: (03) 3903-3593
Email: nitoriKSZ_09@nitori.jp