×

Yaponiyada tahsil oluvchi xorijlik talabalar uchun oylik 750 AQSH dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1497 marta

Nitori International Scholarship Foundation jamg’armasi xorijlik talabalar uchun Privately Funded Scholarship 2020 grantlarini taklif etmoqda. Dastur yapon universitetlarining biriga 2020-yil aprel oyigacha bakalavr yoki magistratura kursiga o’qishga qabul qilinadigan nomzodlar uchun mo’ljallangan. Dastur g’olibiga 2020-yil aprel oyidan boshlab 1 yil davomida oylik stipendiya ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr/magistratura bosqichida ta’lim olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 2020-yilning aprel oyidan boshlab bir yil davomida 80.000 iyena (taxminan 750$ AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.

Eslatma: Stipendiyaga munosib deb topilgan talabalar har oy hisobot taqdim etadilar. Stipendiya sifatida to’langan to’lov qaytarib olinmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  •  Grantga Yaponiyada tahsil olayotgan/oladigan xorijlik talabalar ariza bera oladilar.
  • Nomzodlar Yaponiyaga «College Student Visa» ruhsatnomasi bilan kirgan bo’lishi kerak.
  • Dasturda qatnashish uchun nomzod yapon universutetlaridan birining bakalavr/magistratura bosqichida o’qiyotgan bo’lishi yoki 2020-yil aprel oyigacha o’qishni boshlashi zarur.
  • Nomzod bir vaqtning o’zida boshqa dastur bo’yicha stipendiya/moddiy yordam olishi mumkin emas.
  •  Nomzod ingliz yaxshi bilishi kerak.
  •  Nomzodlar suhbatda qatnashishlari uchun yapon tilini kamida kundalik muloqot qila oladigan darajada bilishlari kerak.
  • Agar nomzod munosib deb topilsa, 2020-yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida o’tkaziladigan taqdimot marosimida ishtirok etishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1.      2019-yil 31-oktabr – hujjatlar onlayn ariza shaklida qabul qilinadi.

2.      noyabr – test sinovi o’tkaziladi.

3.      dekabr (boshi) – saralash bosqichi bo’lib o’tadi.

4.      dekabr (o’rtalari) – suhbat o’tkaziladi.

5.      2020-yil fevral – yakuniy natijalar e’lon qilinadi.

6.      2020-yil mart/aprel – g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

7.      2020-yil aprel – stipendiya ajratilishi boshlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • 2 ta shaxsni tasdiqlovchi rangli rasm.
  •  O’qishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi asl hujjat.
  • Qabul to’g’risida bildirishnoma nusxasi.
  • Yashash joyingiz guvohnomasining nusxasi.
  • Pasport nusxasi.
  • Ilmiy rahbar tavsiyanomasi.
  • Reyting daftarchasi asli.
  • Ijara shartnomasi (ijara narxhi aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak).
  • 1 ta qo’lda yozilgan insho.
  • Yapon tilini bilish darajasi 1-darajali test (N1).

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: (03) 3903-3593

Email: nitoriKSZ_09@nitori.jp  

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!