Ispaniya The Istituto Europeo di Design (IED) – Yevropadagi mashhur va eng katta moda va dizayn institutining Barselonadagi filiali 2020-21-yilgi Ied Barcelona Scholarships – Masters and Postgraduates grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Oliygoh har yili yosh dizaynerlarga oʻz ishlarini taqdim qilish va institutning magistratura kurslarida ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradi. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida 28 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan magistratura kursi uchun kontrakt toʻlovini 17 nafar talabaga 100% yoki 11 nafar talabaga 50 % qoplab beradi. Grantlar faqat oʻqish pulini qoplash uchun moʻljallangan boʻlib, transport, turar joy yoki kundalik harajatlar uchun mablagʻ ajratilmaydi.
100% grant quyidagi kurslarga taalluqli:
- Master en Diseño Sostenible (ESP)
- Master en Diseño de Espacios Interiores (ESP)
- Master in Interior Design for Commercial Spaces (ENG)
- Master in Automotive Interior Design (ENG)
- Master in Design for Urban Environment (ENG)
- Master in Interior Space Design Methodology (ENG)
- Master en Innovation Strategies and Entrepreneurship (ESP)
- Master in Design Management (ENG)
- Master in Fashion Management (ENG)
- Master en Diseño de Moda (ESP)
- Master en Fashion Knitwear Design (ESP)
- Master en Marketing y Comunicación de la Moda (ESP)
- Master in Service Design (ENG)
- Master en Diseño Gráfico (ESP)
- Master in Design for Virtual Reality (ENG)
- Master in Interaction Design (ENG)
- Master en Dirección Estratégica y Creativa de Comunicación de Marca (ESP)
50% grant esa quyidagi kurs talabalariga beriladi:
- Postgrado en Diseño y Gestión de Eventos (ESP)
- Postgraduate in Trends Research (ENG)
- Postgraduate in Design for Innovation Strategy (ENG)
- Postgraduate in Craft in Digital Manufacturing (ENG)
- Postgraduate in Design for Wearables (ENG)
- Postgrado en Food Event Design (ESP)
- Postgraduate in Fashion Product Management (ENG)
- Postgrado en Diseño de Moda Infantil (ESP)
- Postgrado en Diseño de Vestidos de Novia y Ceremonia (ESP)
- Postgrado en Diseño de Accesorios de Moda (ESP)
- Postgrado en Diseño de Calzado (ESP)
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlat fuqarolari grant uchun ariza topshirishlari mumkin.
- Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga hujjat topshiragn va tanlovda ishritok etayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz yoki ispan tilini bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Magistratura kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani toʻldirib, 2020-yil martidan 30-apreliga qadar topshirishi kerak. Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun hujjat topshirish esa 2019-yilning noyabrida nihoyasiga yetadi.
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza
- Bakalavr diplomi
- Baholar/dilom ilovasi.
- Tavsiyanoma .
- Tanlanga soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
- Til sertifikatlari (IELTS yoki ispan tili sertifikati topshiriladi.).
- 10 ta slayddan oshmagan loyiha taqdimoti.
- Motivatsion xat.
- Oʻquv rejasi (resume).
Barcha hujjatlar tarkibi va tanlovda qatnashish tartibi: shu yerda berilgan. Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: contact@bcn.ied.es.