×

Ispaniya: Magistratura talabalari uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 28ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

3357 marta

Ispaniya The Istituto Europeo di Design (IED) – Yevropadagi mashhur va eng katta moda va dizayn institutining Barselonadagi filiali 2020-21-yilgi Ied Barcelona Scholarships – Masters and Postgraduates grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Oliygoh har yili yosh dizaynerlarga oʻz ishlarini taqdim qilish va institutning magistratura kurslarida ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradi. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida 28 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan magistratura kursi uchun kontrakt toʻlovini 17 nafar talabaga 100% yoki 11 nafar talabaga 50 % qoplab beradi. Grantlar faqat oʻqish pulini qoplash uchun moʻljallangan boʻlib, transport, turar joy yoki kundalik harajatlar uchun mablagʻ ajratilmaydi.

100% grant quyidagi kurslarga taalluqli:

50% grant esa quyidagi kurs talabalariga beriladi:

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlat fuqarolari grant uchun ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga hujjat topshiragn va tanlovda ishritok etayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz yoki ispan tilini bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani toʻldirib, 2020-yil martidan 30-apreliga qadar topshirishi kerak. Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun hujjat topshirish esa 2019-yilning noyabrida nihoyasiga yetadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza
  2. Bakalavr diplomi
  3. Baholar/dilom ilovasi.
  4. Tavsiyanoma .
  5. Tanlanga soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
  6. Til sertifikatlari (IELTS yoki ispan tili sertifikati topshiriladi.).
  7. 10 ta slayddan oshmagan loyiha taqdimoti.
  8. Motivatsion xat.
  9. Oʻquv rejasi (resume).

Barcha hujjatlar tarkibi va tanlovda qatnashish tartibi: shu yerda berilgan. Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: contact@bcn.ied.es.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!