Gorchakova Fondi magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilarni Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan 2019-yilgi “Школа по Центральной Азии” ta’limiy dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dastur 2019-yil 12-15-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Tarix, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, huquqshunoslik sohalari mutaxassislari bu dasturda qatnasha oladilar. Bu yilgi dastur mavzusi: «Мягкая сила» основных факторов в Центральной Азии: столкновение и его результаты».
Grant kimlar uchun?
Magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etuvchilarga turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi. Tashkilotchi eng yaxshi 3 ta esse, video taqdim etgan 3 nafar nomzodlarga transport xarajatlarini toʻlab beradi.
Qolgan nomzodlar transport/safar xarajatlarini oʻzlari toʻlaydilar.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, va Oʻzbekiston davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
- Nomzod tarix, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, huquqshunoslik sohalari boʻyicha mutaxassis boʻlishi kerak.
- Magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilar bu grantgga ariza bera oladi.
- Xalqaro aloqalar, ommaviy diplomatiya tashkilotlari vakillari bu grantga ariza bera oladi.
- Nomzodning yoshi 21-35 oraligʻida boʻlishi kerak.
- Yosh diplomatlar va boshqaruv tizimida ishlayotganlar hujjat topshirish huquqiga ega.
- Nomzod rus tilini a’lo darajada bilishi kerak.
- Nomzod professional sohada oʻz bilim, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirish istagida boʻlishi lozim.
Grantga oid barcha talablar hamda toʻliq ma’lumot: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn ariza koʻrinishida qabul qilinadi. Dedlayn – 2019-yil 6-oktabr.
Arizalar: shu yerda qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Toʻldirilgan ariza.
- Oʻqiyotgan yoki ishlayotgan joydan tavsiyanoma.
- Oxirgi 5 yil ichida nashr etirgan ishlaringiz.
- Oxirgi 5 yillik ish tajribangiz haqida ma’lumot. Agar mavjud boʻlsa.
- Oxirgi 5 yil ichida qatnashgan loyiha yoki grantar.
- «Мягкая сила» основных факторов в Центральной Азии: столкновение и его результаты» mavzusida 10 000ta belgidan oshmagan esse (A4 hajmdagi 1 bet qogʻozga 14 kegl oʻlcham va 1,15 intervalda taxminan 3 000ta belgi sigʻadi).
- 2-3 daqiqali oʻzingiz haqingida video. YouTube yoki istalgan platformaga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
- Agar video boʻlmasa, motivatsion xat topshiriladi.
- CV/resume. Til bilish darajangizni ham hujjat ichida koʻrsating.
- Fotosurat.
- Rasport skan nusxasi.
- Qoʻshimcha hujjatlar bir boʻlsa, ularni ham topshirasiz.
Kerakli hujjatlar haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.
Ma’lumot uchun: centralasiaschool@mail.ru