×

Tojikiston: Magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilar uchun 4 kunlik maktab; yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

06.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tojikiston

O'QILGAN

3383 marta

Gorchakova Fondi magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilarni Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan 2019-yilgi “Школа по Центральной Азии” ta’limiy dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dastur 2019-yil 12-15-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Tarix, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, huquqshunoslik sohalari mutaxassislari bu dasturda qatnasha oladilar. Bu yilgi dastur mavzusi: «Мягкая сила» основных факторов в Центральной Азии: столкновение и его результаты».

Grant kimlar uchun?

Magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etuvchilarga turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi. Tashkilotchi eng yaxshi 3 ta esse, video taqdim etgan 3 nafar nomzodlarga transport xarajatlarini toʻlab beradi.

Qolgan nomzodlar transport/safar xarajatlarini oʻzlari toʻlaydilar.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, va Oʻzbekiston davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod tarix, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, huquqshunoslik sohalari boʻyicha mutaxassis boʻlishi kerak.
  3. Magistratura, doktorantura talabalari, jurnalist va yosh oʻqituvchilar bu grantgga ariza bera oladi.
  4. Xalqaro aloqalar, ommaviy diplomatiya tashkilotlari vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  5. Nomzodning yoshi 21-35 oraligʻida boʻlishi kerak.
  6. Yosh diplomatlar va boshqaruv tizimida ishlayotganlar hujjat topshirish huquqiga ega.
  7. Nomzod rus tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  8. Nomzod professional sohada oʻz bilim, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirish istagida boʻlishi lozim.

Grantga oid barcha talablar hamda toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn ariza koʻrinishida qabul qilinadi. Dedlayn – 2019-yil 6-oktabr.

Arizalar: shu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Oʻqiyotgan yoki ishlayotgan joydan tavsiyanoma.
  3. Oxirgi 5 yil ichida nashr etirgan ishlaringiz.
  4. Oxirgi 5 yillik ish tajribangiz haqida ma’lumot. Agar mavjud boʻlsa.
  5. Oxirgi 5 yil ichida qatnashgan loyiha yoki grantar.
  6. «Мягкая сила» основных факторов в Центральной Азии: столкновение и его результаты» mavzusida 10 000ta belgidan oshmagan esse (A4 hajmdagi 1 bet qogʻozga 14 kegl oʻlcham va 1,15 intervalda taxminan 3 000ta belgi sigʻadi).
  7. 2-3 daqiqali oʻzingiz haqingida video. YouTube yoki istalgan platformaga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
  8. Agar video boʻlmasa, motivatsion xat topshiriladi.
  9. CV/resume. Til bilish darajangizni ham hujjat ichida koʻrsating.
  10. Fotosurat.
  11. Rasport skan nusxasi.
  12. Qoʻshimcha hujjatlar bir boʻlsa, ularni ham topshirasiz.

Kerakli hujjatlar haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Ma’lumot uchun: centralasiaschool@mail.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!