AQSHdagi The Southern Arkansas University (SAU) – Janubiy Arkanzas universiteti Arkanzas shtatining Kolumbiya okrugida joylashgan toʻrt yillik oʻquv muassasasidir. Oliygoh oʻzidagi birinchi kurs bakalavriat bosqichi talabalari uchun 2020-yilgi Xalqaro stipendiya dasturlarini taklif qilmoqda. SAU xalqaro talabalar uchun ikki asosiy turdagi stipendiya taklif qiladi:
- Initial Scholarships – SAUga kiradigan birinchi kurs talabalari (freshmen) uchun stipendiyalar.
- Retention Scholarship – SAUda oʻqiyotgan xalqaro talabalar uchun stipendiyalar.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Initial Scholarships quyidagi uch turga boʻlinadi:
- Non-Resident Scholarship – bir semestr uchun 1 515 AQSH dollariga teng mukofot (oʻquv yili uchun 3030 AQSH dollari)
- International Excellence Scholarship – bir semestr uchun 2 500 AQSh dollariga teng mukofot (bir oʻquv yili uchun 5 000 AQSH dollari).
- Presidential Scholarship – Har bir semestr uchun 5 500 AQSH dollariga teng mukofot (bir oʻquv yili uchun 11 000 AQSH dollari)
- Retention Scholarship: semestr davomida taxminan 1 515 AQSh dollari (oʻquv yili uchun 3030 AQSh dollari).
Quyidagi talablar bajarilganda stipendiyalar muddati uzaytirilishi mumkin:
- Talabaning oʻrtacha baholari (GPA) kamida 3.0 boʻlishi kerak.
- Har semestrdagi fanlarni oʻqishi va imtihonlaridan oʻtishi zarur.
- Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod F – 1 talabalar vizasini olish uchun hujjat topshirgan boʻlishi kerak;
- Nomzod oʻrta ta’lim (maktab, kollej, litsey)ni muvaffaqiyatli tamomlab, universitetning birinchi kursiga qabul qilingan boʻlishi kerak;
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
- Nomzod Initial Scholarships berish uchun New SAT va ACT testlariga qoʻyilgan talablarga javob berishi kerak.
Initial Scholarships berish uchun New SAT va ACT testlariga qoʻyilgan talablar:
- Non-Resident Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1160 va ACT kamida 24 boʻlishi kerak.
- International Excellence Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1270 va ACT kamida 27 boʻlishi kerak.
- Presidential Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1370 va ACT kamida 30 boʻlishi kerak.
Retention Scholarshipni yutib olish uchun qoʻyilgan talablar:
- Nomzod universitet talabasi boʻlishi kerak.
- Initial Scholarshipsning biror turi boʻyicha stipendiya olmasligi kerak.
- Baholarining oʻrtacha bali (GPA) 3.5dan yuqori boʻlishi kerak va har semestrdagi fanlarni oʻqishi va imtihonlaridan oʻtishi zarur.
- Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.
- Mazkur stipendiya uzogʻi bilan 7 semestrgacha berilishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun hujjatlar 2020-yilning 15-martigacha topshirilishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin alohida grantga ariza topshiriladi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab how to apply sahifasini oʻqib chiqing.
- Shu yerdan kerakli kursni toping.
- Kursga hujjat topshiring.
- 90 USD Application fee ni toʻlang.
- Soʻraglan hujjatlarni topshiring.
- Keyin shu yerda grantga ariza topshirasiz.
- New SAT va ACTni ham tayyorlab, joʻnating.
Kerakli hujjatlar:
- Toʻldirilgan arizalar.
- SAT va ACT testi natijalari.
- Maktab attestati/kollej yoki litsey diploma va ilovasi.
- Til sertifikatlari.
- Moliyaviy holat haqida ma’lumot.
- Pasport nusxasi.
Hujjat topshirish va hujjatlar tarkibini toʻliq: shu yerdan bilib olishingiz mumkin.
Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni savol-javoblardan topishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.