×

AQSh: Bakalavriat bosqichi talabalar uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

15.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1561 marta

AQSHdagi The Southern Arkansas University (SAU) – Janubiy Arkanzas universiteti Arkanzas shtatining Kolumbiya okrugida joylashgan toʻrt yillik oʻquv muassasasidir. Oliygoh oʻzidagi birinchi kurs bakalavriat bosqichi talabalari uchun 2020-yilgi Xalqaro stipendiya dasturlarini taklif qilmoqda. SAU xalqaro talabalar uchun ikki asosiy turdagi stipendiya taklif qiladi:

  • Initial Scholarships – SAUga kiradigan birinchi kurs talabalari (freshmen) uchun stipendiyalar.
  • Retention Scholarship – SAUda oʻqiyotgan xalqaro talabalar uchun stipendiyalar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Initial Scholarships quyidagi uch turga boʻlinadi:

  1. Non-Resident Scholarship – bir semestr uchun 1 515 AQSH dollariga teng mukofot (oʻquv yili uchun 3030 AQSH dollari)
  2. International Excellence Scholarship – bir semestr uchun 2 500 AQSh dollariga teng mukofot (bir oʻquv yili uchun 5 000 AQSH dollari).
  3. Presidential Scholarship – Har bir semestr uchun 5 500 AQSH dollariga teng mukofot (bir oʻquv yili uchun 11 000 AQSH dollari)
  4. Retention Scholarship: semestr davomida taxminan 1 515 AQSh dollari (oʻquv yili uchun 3030 AQSh dollari).

Quyidagi talablar bajarilganda stipendiyalar muddati uzaytirilishi mumkin:

  • Talabaning oʻrtacha baholari (GPA) kamida 3.0 boʻlishi kerak.
  • Har semestrdagi fanlarni oʻqishi va imtihonlaridan oʻtishi zarur.
  • Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod F – 1 talabalar vizasini olish uchun hujjat topshirgan boʻlishi kerak;
  • Nomzod oʻrta ta’lim (maktab, kollej, litsey)ni muvaffaqiyatli tamomlab, universitetning birinchi kursiga qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
  • Nomzod Initial Scholarships berish uchun New SAT va ACT testlariga qoʻyilgan talablarga javob berishi kerak.

Initial Scholarships berish uchun New SAT va ACT testlariga qoʻyilgan talablar:

  • Non-Resident Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1160 va ACT kamida 24 boʻlishi kerak.
  • International Excellence Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1270 va ACT kamida 27 boʻlishi kerak.
  • Presidential Scholarshipni yutib olish uchun New SAT bali kamida 1370 va ACT kamida 30 boʻlishi kerak.

Retention Scholarshipni yutib olish uchun qoʻyilgan talablar:

  1. Nomzod universitet talabasi boʻlishi kerak.
  2. Initial Scholarshipsning biror turi boʻyicha stipendiya olmasligi kerak.
  3. Baholarining oʻrtacha bali (GPA) 3.5dan yuqori boʻlishi kerak va har semestrdagi fanlarni oʻqishi va imtihonlaridan oʻtishi zarur.
  4. Universitet hududidagi turar joyda istiqomat qilishi kerak.
  5. Mazkur stipendiya uzogʻi bilan 7 semestrgacha berilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun hujjatlar 2020-yilning 15-martigacha topshirilishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin alohida grantga ariza topshiriladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab how to apply sahifasini oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  3. Kursga hujjat topshiring.
  4. 90 USD Application fee ni toʻlang.
  5. Soʻraglan hujjatlarni topshiring.
  6. Keyin shu yerda grantga ariza topshirasiz.
  7. New SAT va ACTni ham tayyorlab, joʻnating.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • SAT va ACT testi natijalari.
  • Maktab attestati/kollej yoki litsey diploma va ilovasi.
  • Til sertifikatlari.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.

Hujjat topshirish va hujjatlar tarkibini toʻliq: shu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni savol-javoblardan topishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!