Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan Zhengzhou University (ZZU) navbatdagi 2021-yilgi Zhengzhou University President Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi to’rt yilga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi yuqori salohiyatli yosh doktorantlarnitayyorlashdir. Grant Zhenghou universiteti doktorantura talabalariga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Dktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Doktorantura (4 yil) uchun oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi.
- Doktorantlarga 4 yil davomida turar joy xarajatlari uchun oyiga 1 000 RMB (taxminan 154 AQSh dollari) miqdordagi mablagʻ beriladi.
- Doktorantlarga 3-4 yil muddatda oyiga 3 500 RMB (taxminan 541 AQSh dollari) stipendiya
Stipendiya dasturi roʻyxatdan oʻtish, tibbiy koʻrik, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari, uzoq muddatli viza va ovqatlanish xarajatlarini, magistrlar uchun yuqoridagilarga qoʻshimcha tarzda turar joy sarflari va oylik stipendiya bermaydi. Batafsil: shu yerda tanishing.
Universitetda oʻqitiladigan yoʻnalishlarda taʼlim asosan xitoy tilida, ayrim dasturlar esa ingliz tilida olib boriladi. Bu haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Xitoylik boʻlmagan, sogʻlom va sudlanmagan fuqarolar bu grantga ariza bera oladi.
- Nomzod Xitoy Xalq Respublikasi va universitet qonun-qoidalariga amal qilishi kerak.
- Nomzod a’lochi yuqori va bilimga chanqoq boʻlishi lozim.
- Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi, doktorantura nomzodi esa 45 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
- Xitoy tilida oʻqitiladigan dasturlarga hujjat topshiruvchi nomzod New HSK Examination va HSK 5 darajasining kamida 210 ballik natijasiga ega boʻlishi kerak.
- Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS kamida 6.5 boʻlishi (yoki shunga mos keluvchi boshqa ingliz tili sertifikati) talab etiladi.
- Xitoyning Konfutsiy instituti stipendiyasi, Davlat stipendiyalari kabi stipendiyalar sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar bir yilda ikki marta qabul qilinadi. Qabul yiliga ikki marta bo’ladi. Avvalgi qabul dekabrda yakunlangan. Ayni vaqtda 2021-yil sentyabrdagi kurslarga ariza berish mumkin. Hujjatlar 15-iyungacha topshirilishi kerak. Nomzodlar ariza shaklini toʻldirishlari va quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak:
- Ilmiy daraja sertifikati (bakalavr/magistr diplomi) yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi. Agar bitiruvchi universitetni tamomlamagan boʻlsa, talabalikni tasdiqlovchi hujjat. Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
- . Baholar. Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.
- Magistratura uchun 800 ta soʻzdan, doktorantlar uchun 2000 ta soʻzdan oshmagan hajmda ingliz yoki xitoy tilida yozilgan oʻquv rejasi.
- Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar xitoy yoki ingliz tilida boʻlishi kerak.
- Sanʼat dasturlariga talabgorlar universitet talablariga muvofiq qoʻshimcha hujjatlar taqdim etadilar.
- Til sertifikati nusxasi.
- Jismoniy ekspertiza va qon tahlili maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
- Sudlanmaganlik haqidagi hujjatning notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
- Barcha hujjatlarni koʻrsatilgan muddatda tayyorlang. Soʻng “Chet ellik talabalar uchun ZZU universiteti onlayn-ilovasi”ga kirib onlayn-ariza toʻldiring.
Stipendiat ZZUda koʻrsatilgan muddatda universitet shaharchasidan roʻyxatdan oʻtishi, viza rasmiylashtirishga hujjat topshirishi va jismoniy ekspertizadan oʻtishi lozim: batafsil.
Stipendiat oʻqish yoʻnalishini oʻzgartirishi yoki boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirishi mumkin emas. Aks holda stipendiya bekor qilinadi. Shuningdek, universitet rahbariyati yilda bir marta stipendiatlarning yillik faoliyati tahlilini olib boradilar.
Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va mutaxassislik boʻyicha layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Universitet rahbariyati hujjatlarni koʻrib chiqib, natijalarni dedlayndan 4-6 hafta keyin eʼlon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish boʻlimi: ZZU Xalqaro qabul ofisida;
Manzil: No.100 Science Avenue, Zhengzhou, Henan, PR. China, 450001;
Tel: + 86-371-67780102;
Elektron pochta: zhaochun@zzu.edu.cn.