×

Fransiya: Magistratura va PhD bosqichlari uchun grant; sugʻurta va transport xarajatlari qoplanadi; oylik stipendiya – 1 400 yevrogacha!


Grant

MUHLAT

09.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3372 marta

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuqori bilimli chet ellik nomzodlarni magistratura va aspirantura/PhD dasturlariga jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan 2020-yilgi Eiffel Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari boʻlgan va kelajakda davlat va xususiy sektorda muhim qarorlar qabul qiluvchi masʼul shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Stipendiya dasturi Fransiya universitetlaridan birida magistratura va aspiranturada oʻqiyotgan nomzodlar uchun moʻljallangan boʻlib, quyidagi muddatda davom etadi:

  • Magistratura: 12 oydan 36 oygacha.
  • Doktorantura/PhD: 12 oy.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiya yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Grant muddati tugaguncha magistratura talabalari har oy 1 181 yevro (yana 150 yevro stipendiya ham qoʻshiladi), aspirantura talabalari 1 400 yevro miqdordagi stipendiya bilan ta’minlanadi.
  2. Talabaning safar xarajatlari uchun oylik 50 yevro mablagʻ beriladi.
  3. Yevropa iqtisodiy hududidan tashqaridagi talabalar uchun ijtimoiy sugʻurta qilib beriladi.
  4. Undan tashqari, oʻqish davomida paydo boʻladigan boshqa xarajatlar (masalan, tibbiy sugʻurta, madaniy faoliyat, davlat ichida transportdan foydalanish kabi) ham dastur tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.

Stipendiya oʻqish xarajatlarini qoplamaydi. Toʻliq taʼlumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Fransiya universitetlaridan birining:
  • Huquq.
  • Iqtisodiyot va menejment.
  • Injenerlik (texnika), aniq va tabiiy fanlar.
  • Siyosiy fanlar yoʻnalishlardan birida magistratura yoki aspiranturasida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Demak, grant olish uchun avval universitetga oʻqishga kirish lozim.
  1. Nomzod magistratura uchun 30 yoshgacha va aspirantura uchun 35 yoshgacha boʻlishi lozim.
  2. Nomzod fransuz millatidan boshqa millat vakili boʻlishi lozim.
  3. Nomzod oʻqiyotgan mutaxassisligi doirasida qabul qilingan til bilish darajasiga mos boʻlishi zarur.
  4. Nomzod Fransiya hukumati tomonidan beriladigan stipendiya dasturlarida avval ishtirok etmagan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlarning arizalari 2020-yil 9-yanvarga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval universitetga oʻqishga kirish lozim. Undan soʻnggina nomzodning grantga arizasi topshirildi. Hujjat va ariza topshirish uchun nomzod oʻqiyotgan universitet maʼmuriyatiga yoki yurtimizdagi Fransiya elchixonasi (Embassy of France in Tashkent)ga murojaat qilishi lozim:

Manzil: Istiqbol 25, Toshkent.

Rasmiy sayt: shu yerda.

Telefon: (+998 71) 233 53 82, (+99871) 233 53 84.

Nomzodning hujjatlarini dasturga universitet topshiradi.

Saralash natijalari 2020-yil 23-martda tashkilotchining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Maʻlumot uchun: candidatures.eiffel@campusfrance.org elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!