AQShdagi Garvard Universitetida bo’lib o’tadigan Nieman-Berkman Klein Fellowship in Journalism Innovation dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur qatnashchilari 2 semestr (9 oy) davomida jurnalistika sohasida innovatsion mavzuda tadqiqot olib borishlari mumkin. Tadqiqot vaqtida Garvard Universiteti va boshqa bir qancha universitetlarda o’quv kurslari ham bo’ladi.
Ushbu dastur Nieman Foundation for Journalism va Garvard universiteti qoshidagi Berkman Klein Center for Internet & Society markazi hamkorligida tashkil etilgan. Dasturda raqamli jurnalistikada innovatsiyaga sabab bo’ladigan har qanday mavzuda tadqiqot olib borayotgan yoki tadqiqot olib borish istagidagi jurnalistlar yoki frilanserlar ishtirok etishlari mumkin.
Dasturga qabul qilingan jurnalistlar Garvard universitetining boy ma’lumotlar bazasidan foydalanishlari hamda tadqiqotlari uchun jurnalistika rivojiga qiziqish bildirayotgan boshqa markazlaridan ma’lumot olishlari mumkin. Ishtirokchilar mustaqil tarzda tadqiqot olib borishdan tashqari Neiman fondi va Klein markazining amaliyot (fellowship) dasturlarida ishtirok etadilar. Bu dasturlarda ishtirokchilar uchun foydali bo’lgan tayyorlov kurslari olib boriladi.
Dasturga bosma, raqamli, radio va audiovizual OAV, tashkilot yoki muassalarda jurnalistik faoliyat yuritayotgan 24 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Shundan 12 nafari AQShdan boshqa davlatlar fuqarolari bo’ladi.
Eslatma: pandemiya sharoitidan kelib chiqib 2021-yilgi dastur onlayn tarzda yoki an’amaviy tarzda AQShda bo’lishi mumkin. Dastur qanday shaklda o’tkazilishi dastur boshlanishiga yaqin belgilanadi. Dastur 2021-yil avgust oyida boshlanadi.
Grant kimlar uchun?
Internet jurnalistikasini rivojlantirish maqsadidagi barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkonyatlar yaratiladi:
- Dastur qatnashchilari Garvard Universitetida 9 oy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar.
- Tadqiqot jarayonida ular universitetning boy ma’lumotlari zahirasi, olimlari va boshqa mutaxassislari bilan hamkorlik qilishlari mumkin boʻladi. Turli kurslar, treninglar va tadbirlar ham dasturga kiritilgan.
- Ishtirokchiga 75 000 AQSh dollari stipendiya 9 oy davomida to’lab beriladi.
- Tibbiy xizmatlar va bola tarbiyasi uchun ham ma’lum miqdorda mablag’ ajratilishi mumkin.
- Safar va viza xarajatlarini qatnashchining oʻzi qoplashi kerak, lekin u buning uchun stipendiya sifatida berilgan mablagʻdan foydalanishi mumkin.
Stipendiya haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod OAVda kamida 5 yil to’liq stavkali ish tajribasiga ega bo’lishi zarur.
- Nomzodning tadqiqoti raqamli jurnalistikani rivojlantirishga xissa qoʻshishi mumkin boʻlgan loyiha boʻlishi kerak.
- Nomzod dastur davomida nima qilishini ham toʻliq rejalashtirib olgan boʻlishi, tadqiqot natijalari esa dastur maqsadini qanoatlantira olishi zarur.
- Nomzod tadqiqot vaqtida AQShga koʻchib oʻtish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Dasturda jurnalistlar, frilanserlar, tashkilot va muassasalarda jurnalistik faoliyat yuritayotgan boshqa soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. Bunda nomzod faoliyat yuritayotgan muassasa OAV hisoblanishi shart.
- Nomzod dastur boshlanish sanasiga ko’ra oxirgi 2 yil davomida AQShda 4 oydan uzoq davom etgan amaliyot (fellowship) dasturida ishtirok etmagan bo’lishi zarur.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 1-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- 2ta insho;
- Jurnalistning ishidan namunalar;
- Uchta tavsiyanoma (15-dekabrgacha topshirilishi kerak).
Kerakli hujjatlar ro’yxati va hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Savollaringiz bo’lsa, bu yerdan javob olishingiz mumkin.
Ilk saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o’tganlar aprel oyida suhbatga taklif qilinadi. May oyida yakuniy natijalar e’lon qilinadi. Murojaat uchun: nieman_applications@harvard.edu.