×

Buyuk Britaniya: Huquq boʻyicha magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

23.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1271 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti 2020-yilning kuzida boshlanadigan Harding International Legal Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning Birmingham Campusida huquq boʻyicha magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Grantlar 1 yilga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Huquq boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grantlar kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar (YeI va Buyuk Britaniyadan tashqari) fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning Birmingham Campusida huquq boʻyicha magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanhalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan.
  5. Nomzod huquq boʻyicha makalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Birmingham Campusida huquq boʻyicha magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2020-yil 23-martga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirishish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
  2. Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Alohida kurslarning qabul talablari boshqalaridan farq qiladi. Shuning uchun ularni ham batafsil oʻrganib chiqing.
  4. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi oxirida berilgan manzilga murojaat qiling. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. (Onlayn tarzda toʻldiriladi)
  2. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aybqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  4. Shaxsiy ariza. Ariza hajmi 5000 belgigacha hajmda yozilgan, PDF yoki Microsoft Word  formatida boʻlishi kerak.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grantga ariza berishdan avval, jarayon haqida yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing. Stipendiya olish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Arizadan keyin tavsiyanoma ham topshirish kerak.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun savol-javoblarni oʻqib chiqing.

Ma’lumot uchun: law-llm@bham.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!