Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan University of Nottingham magistratura (MResdan tashqari) bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Non-EU Europe and Central Asia Postgraduate Excellence Award dasturini taqdim etadi. Ushbu grantlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga 2020-yil kuzda boshlanadigan kunduzgi magistratura (MResdan tashqari) yoʻnalishlarini uchun oʻqish pulidan 4 000 funt-sterling chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- YeIga kirmaydigan va Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar (jumladan Oʻzbekiston) fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2020-yilning sentabridan boshlanadigan istalgan magistratura (MRes dasturlari bundan mustasno) kurslariga oʻqishga kirishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga first class yoki honors baholar kerak boʻlishi mumkin.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik statusida kontrakt toʻlaydigan talaba boʻlishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2020-yil 8-mayga qadar qabul qilinadi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Shu yerda qanday qilib hujjat topshirish haqida tanishing.
- Kursga hujjat topshiring, oʻqishga kirganlik haqida hujjatni olganingizdan keyin shu yer orqali grantga ariza bering.
Kerakli hujjatlar (taxminan):
- Toʻldirilgan arizalar.
- CV/resume.
- Bakalavr diplomi va ilovasi.
- Ingliz tili sertifikati.
- Tavsiyanoma.
- Research proposal soʻralishi mumkin.
- GRE/GMAT sertfifkatlari soʻralishi mumkin.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni oʻqib chiqishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki +44 (0) 115 951 5247 raqamiga murojaat qiling.