×

Buyuk Britaniya: Magistratura kurslari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

08.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

912 marta

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan University of Nottingham  magistratura (MResdan tashqari) bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Non-EU Europe and Central Asia Postgraduate Excellence Award dasturini taqdim etadi. Ushbu grantlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 2020-yil kuzda boshlanadigan kunduzgi magistratura (MResdan tashqari) yoʻnalishlarini uchun oʻqish pulidan 4 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. YeIga kirmaydigan va Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar (jumladan Oʻzbekiston) fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yilning sentabridan boshlanadigan istalgan magistratura (MRes dasturlari bundan mustasno) kurslariga oʻqishga kirishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga first class yoki honors baholar kerak boʻlishi mumkin.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik statusida kontrakt toʻlaydigan talaba boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 8-mayga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Shu yerda qanday qilib hujjat topshirish haqida tanishing.
  3. Kursga hujjat topshiring, oʻqishga kirganlik haqida hujjatni olganingizdan keyin shu yer orqali grantga ariza bering.

Kerakli hujjatlar (taxminan):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  4. Ingliz tili sertifikati.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Research proposal soʻralishi mumkin.
  7. GRE/GMAT sertfifkatlari soʻralishi mumkin.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni oʻqib chiqishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki +44 (0) 115 951 5247 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!