Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan University of Nottingham bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Non-EU Europe and Central Asia Undergraduate Excellence Award dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga 2020-yil kuzda boshlanadigan kunduzgi bakalavriat yoʻnalishlarini uchun oʻqish pulidan 2 000 – 6 500 funt-sterling chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- YeIga kirmaydigan va Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar (jumladan Oʻzbekiston) fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2020-yilning sentabridan boshlanadigan istalgan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirishi kerak.
- Nomzod attestat/kollej/litsey/foundation diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik statusida kontrakt toʻlaydigan talaba boʻlishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2020-yil 13-martga qadar qabul qilinadi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Shu yerda qanday qilib hujjat topshirish haqida tanishing.
- O`zbekistonliklar uchun talablar bilan: shu yerda tanishing.
- Kursga UCAS tizimi orqali hujjat topshiring, oʻqishga kirganlik haqida hujjatni olganingizdan keyin shu yer orqali grantga ariza bering.
Kerakli hujjatlar (taxminan):
- Toʻldirilgan arizalar.
- CV/resume.
- Attestat/kollej/litsey/foundationdiplomi va ilovasi.
- Ingliz tili sertifikati.
- Pasport nusxasi.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni va grant shartlarini oʻqib chiqishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki +44 (0) 115 951 5247 raqamiga murojaat qiling.