×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat kurslari uchun 6 500-funt-sterliggacha grantlar


Grant

MUHLAT

13.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1351 marta

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan University of Nottingham  bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Non-EU Europe and Central Asia Undergraduate Excellence Award dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 2020-yil kuzda boshlanadigan kunduzgi bakalavriat yoʻnalishlarini uchun oʻqish pulidan 2 000 – 6 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. YeIga kirmaydigan va Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar (jumladan Oʻzbekiston) fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yilning sentabridan boshlanadigan istalgan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirishi kerak.
  3. Nomzod attestat/kollej/litsey/foundation diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik statusida kontrakt toʻlaydigan talaba boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 13-martga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Shu yerda qanday qilib hujjat topshirish haqida tanishing.
  3. O`zbekistonliklar uchun talablar bilan: shu yerda tanishing.
  4. Kursga UCAS tizimi orqali hujjat topshiring, oʻqishga kirganlik haqida hujjatni olganingizdan keyin shu yer orqali grantga ariza bering.

Kerakli hujjatlar (taxminan):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Attestat/kollej/litsey/foundationdiplomi va ilovasi.
  4. Ingliz tili sertifikati.
  5. Pasport nusxasi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni va grant shartlarini oʻqib chiqishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki +44 (0) 115 951 5247 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!