Shveytsariyaning Zurich shahrida joylashgan University of Zurich (ETH Zurich) oliygohi Zurich Biology Undergraduate Summer School (BUSS) yozgi maktabida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dastur Life Sciences yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan. Yozgi maktabda qatnashchilar ETH Zurich universiteti yoki dasturda ishtirok etayotgan boshqa oliygohlardan birining laborotoriyasida tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ishtirokchilar ilmiy va o’quv dasturlaridan tashqari, shahar tashqarisiga uch kunlik safar, Shveytsariya tadqiqot markazlari va ilmiy muassasalariga tashriflar, xayrlashuv hamda yopilish tadbirlarida ham qatnashishadilar. Yozgi maktab 2021-yil 1-iyul, 31-avgust kunlari – 9 hafta davom etadi. Kurslar ingliz tilida olib boriladi. Har yili yozgi maktabga 15-25 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dastur yakunida qatnashchilarga sertifikat beriladi. Yozgi maktabda oʻqitiladigan kurslar jadvali 2021-yilgi dastur uchun hali e’lon qilinmagan. 2020-yilgi jadval shu yerda.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Yozgi maktabda ishtirokchilari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Safar xarajatlari qoplanadi.
- Turar joy bilan taʻminlanadi.
- Kundalik xarajatlar uchun maʻlum miqdordagi mablagʻ ajratiladi. Batafsil ma’lumot
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
- Nomzod Life Sciences yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichida (BSc) tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod izlanuvchan hamda tadqiqotlar olib borishga ishtiyoqmand boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlarni 2021-yil 1-yanvardan 15-fevralgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing (1-yanvardan keyin ochiladi). Ariza topshirish jarayonini boshlashdan oldin barcha kerakli hujjatlarning elektron nusxasini tayyorlab olishingiz tavsiya etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- To’ldirilgan ariza.
- CV.
- Reyting daftarchasidan koʻchirma.
- Nomzodning ilmiy rahbari yoki oʻqituvchisidan tavsiyanoma.
Natijalar eng qisqa muddatlarda eʻlon qilinadi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Boshqa tildagi hujjatlar ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga topshirlishi lozim.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Bog’lanish uchun:
Tel.: +41 44 635 4862
Email: buss@biol.uzh.ch