×

Oʻzbekistondagi Sharda universitetida 2020-2021-yil uchun hujjatlar qabuli boshlandi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

45687 marta

CHOP ETILGAN

04.04.2020

Oʻzbekistondagi Sharda Universiteti Qabul Komissiyasi 2020-2021 yil uchun hujjatlar qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Hujjatlar 2020-yilning 15-avgustigacha qabul qilinadi.

Universitet Hindiston, Misr, Rossiya, Angliya va boshqa davlatlardan kelgan, oʻz sohasining yetuk mutaxassislari, fan doktorlaridan saboq olish imkoniyatini taqdim etadi.

Universitetda quyidagi yoʻnalishlar mavjud:

  • Bakalavriat/Bakalavriat (Hons)
  • MUHANDISLIK (B.Tech./ B.Tech.Hons.)
    – Kompyuter fanlari&Muhandislik
    – Kompyuter fanlari- Kiber xavfsizlik mutaxassisligi bo’yicha
    – Artificial Intelligence (Sun’iy ong)
    – Elektr muhandislik
    – Elektr muhandislik Biomedikal muhandislik mutaxassisligi bilan
    – Elektr muhandislik elektr vositalar mutaxassisligi bilan
    – Elektr muhandislik zamonaviy elektr tarmoqlari mutaxassisligi bilan
    – Axborot texnologiyalari
    – Elektronika va Kommunikatsiya muhandisligi
  • BIZNES (BBA/ BBA.Hons.)
    – BBA – Biznes boshqaruvi
    – BBA – kadrlar boshqaruvi
    – BBA – Tadbirkorlik
    – BBA – Marketing
    – BBA – Xalqaro biznes
    – Ingliz tili tayyorlov kursi
    – Xalqaro Universitet Fast-Track dasturi

Sharda universitetiga kirishni xohlovchilar kamida IELTS 5.0 sertifikatiga ega boʻlishi yoki universitetning oʻzida tashkillashtiriluvchi IELTS testidan oʻtishi lozim.

Shuningdek, B.Tech yoʻnalishlariga kirishni xohlovchilar matematika, fizika, kimyo fanlaridan, BBA yoʻnalishlariga kirishni xohlovchilar esa matematika va logika fanlaridan imtihon topshirishi kerak boʻladi.

Universitetda tayyorlov kurslari ham mavjud boʻlib, ularga IELTS talab qilinmaydi.

Shuningdek, universitet SUSAT (Sharda University Scholarship Admission Test) natijasi va IELTS ballariga qarab talabalarga kontrakt summasining 20% dan 60% gacha miqdorda grant ajratadi.

Kontrakt summalari B.Tech yoʻnalishlari uchun yiliga 5000 AQSH dollari, BBA yoʻnalishlari uchun esa yiliga 4000 AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, talabalar

Universitetdagi yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirish uchun www.shardauniversity.uz sayti orqali online roʻyxatdan oʻtish va onlayn arizani toʻldirish lozim.

Onlayn ariza toʻldirishda nomzodlardan quyidagi hujjatlar soʻraladi:

  • Pasport nusxasi
  • Rasm
  • Kollej/litsey diploma yoki maktab shahodatnomasi hamda baholar
  • Hali shahodatnoma olmagan maktab oʻquvchilari oʻz maktablaridan maktabni tugatganligi/tugatishi haqidagi maʼlumotnoma topshirishi mumkin.

Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998978386010
+998905271234

Manzil: Andijon shahar 73, Bobur Chevrolet Avtosaloni roʻparasida, 222-damaslar yoʻnalishida.

Universitet qabul komissiyasining telegra kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!