Iqtidorli tadqiqotchilar uchun The Banting Postdoctoral Fellowships tadqiqot granti dasturiga arizalar qabuli boshlanmoqda. Ushbu dastur eng umidli, PhD darajasiga ega va doktorlikdan keyingi tadqiqot qilishga bel bog’lagan tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun beriladi. Grantlarni Kanadadagi va boshqa muassasalarda olib borish mumkin.
Tadqiqot granti quyidagi yo’nalishlarda tadqiqot qilish uchun beriladi:
Health research (Salomatlik)
Natural sciences and/or engineering (tabiiy fanlar va/yoki muhandislik)
Social sciences and/or humanities (Ijtimoiy fanlar va/yoki gumanitar fanlar)
Grant kimlar uchun?
Postdoktorlik tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan tadqiqotchiga 2 yil davomida yiliga 70000 Kanada dollari (taxminan 51334 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
Talablar:
- Nomzod PhD darajasiga ega bo’lishi zarur. PhD kursi bitiruvchilar dastur boshlanguniga qadar diplomlarini olishlari talab etiladi.
- Nomzod tadqiqot olib boradigan muassasa Kanadada joylashgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Banting stipendiyasini qabul qilish huquqiga ega bo’lgan muassasalar qatoriga Kanada va xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot kasalxonalari, kollejlar va kuchli ilmiy vakolatlarga ega bo’lgan notijorat tashkilotlar kiradi.
- Kanada hukumatlari (federal, viloyat, shahar) va barcha tijorat tashkilotlari mezbon institut sifatida qatnashish huquqiga ega emas. Tanlangan muassasada tadqiqot uchun grant berilishi yoki yo’qligini bilish uchun bu yerga murojaat qilishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga qabul 1-iyunda ochiladi. Hujjatlar 2020-yil 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Grantni yutib olish uchun:
- Avvaliga tadqiqotchi Kanadada joylashgan yoki shu grant berilishi mumkin boshqa muassasa topib, u yerda tadqiqot olib borish maqsadini bildirishi kerak. Kanadada tadqiqot olib borish istagidagilar bu yerdagi Kanada institutlari ro’yxati bilan tanishib chiqishlari mumkin.
- Tanlangan muassasa bilan bog’laning. Tadqiqot grantiga hujjatlar 1-oktyabrgacha qabul qilinsa ham, muassasalarning ichki dedlaynlari turlicha bo’lishi mumkin.
- Muassasa bilan kelishayotganda, quyidagilarni hisobga oling:
- Banting stipendiati uchun taqdim etilgan har qanday imtiyozlar
- Moliyaviy majburiyatlar (kasaba uyushma badallari, sug’urta mukofotlari va boshqalar)
- Tadqiqot va / yoki boshqa yordamning mavjudligi
- Postdoktoral ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlari
- Banting stipendiati uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan har qanday boshqa tegishli siyosat
- Muassasada ilmiy rahbar toping. U bilan tadqiqot mavzusini kelishib oling.
- Kerakli hujjatlarni tayyorlashni boshlang.
- Quyidagi saytlarda shaxsiy akkaunt yarating:
- ResearchNet (ariza berish uchun)
- CIHR PIN (grantga ariza berish uchun shaxsiy raqam belgilash uchun)
- CCV (CV tayyorlash va tarqatish uchun)
- CCV saytida maxsus CV tayyorlang.
- ResearchNet saytida ariza yaratib, uning havolasini saqlab qo’ying. CCV va ResearchNet bilan ishlashda ushbu yo’riqnomadan
- Endi ariza topshirish boshlanadi. Bunda tadqiqot mavzusini ko’rsatishingiz kerak. Bunda quyidagi hujjatlar so’raladi:
- Significance of research contributions
- Significance of leadership contributions
- Fulfillment of degree requirements form
- Special circumstances
Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
- Tavsiyanoma beruvchi shaxslarni ko’rsating.
- Akademik darajangizni ko’rsating.
- Tadqiqot taklifi va boshqa hujjatlarni kiriting. Batafsil
- Arizani oxirgi marta tekshirib, keyin jo’natish tugmasini bosing.
Hujjat topshirishda har bir hujjatning maxsus shakli (shabloni) bor, ular rasmiy saytda batafsil berilgan. Ariza berishda rasmiy sayt ma’lumotlari bilan tanishib chiqing.