Estoniyada joylashgan Tallin Universiteti magistratura kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ajratiladigan Dora Plus Activity 2:1 grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Tallin universiteti magistratura kurslarida ta’lim oluvchi xorijlik iqtidorli talabalar sonini ko’paytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida taqdim etiladi. Tallin universitet magistratura kurslari bilan bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant berilgan talabalar oyiga 350 yevro stipendiyani qo’lga kiritadilar. Stipendiyalar har o’quv yilida 10 oy davomida beriladi. Magistraturada birinchi bosqichni tamomlagach, grantga qaytadan ariza berish talab etiladi.
Talablar:
- Nomzod Tallin universiteti magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan va to’liq stavkada o’qishi kerak.
- Nomzod qabul qilingan kurs ingliz tilida bo’lishi zarur.
- Nomzod Estoniya fuqarosi bo’lmasligi, ariza topshirilayotgan vaqtda Estoniyada yashamasligi va so’nggi 3 yil ichidan bir yildan ortiq muddat Estoniyada bo’lmagan bo’lishi kerak.
- Nomzod bakalavr kursida yuqori baholarga o’qigan bo’lishi va magistratura kursida ham ko’rsatkichlari pasayib ketmasligi shart.
- Nomzod Dora Plus grantidan boshqa grant sohibi bo’lmasligi zarur.
- Agar nomzodga grant belgilansa va u o’qish davomida 30 kundan ortiq muddatga o’qishdan ketsa (almashinuv dasturlari va boshqa maqsadlar bilan), grant bekor qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
- Avvaliga magistratura kursiga ariza topshiring. Kursga qabul qilinganingiz ma’lum bo’lgandan so’ng grantga ariza berishingiz mumkin bo’ladi.
- Dora Plus grantiga bu yerda ariza topshiring. Onlayn ariza ushbu sahifada “Electronic Application” deb ko’rsatilgan bo’ladi. Hozirda Tallin universiteti magistratura kurslari uchun qabul yopiq. Agar Tallin universitetiga 2020-yilgi semestr uchun hujjat topshirgan bo’lsangiz, Dora Plus grantiga arizalarni hozir yuborishingiz mumkin. Agar hali hujjat topshirmagan bo’lsangiz, 2021-22 o’quv yiliga qabul boshlanganda hujjat topshiring. Arizalar qabuli qishda ochiladi. Hujjat topshirish niyatidagi nomzodlar qabul boshlangunicha hujjatlarini tayyorlashlari tavsiya etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr kursi diplomi ilovasi bilan
- Ingliz tili testi sertifikati
- Pasport nusxasi
Ma’lumot uchun Joanna Liiv’ga joanna.liiv@tlu.ee manzili orqali murojaat qiling.