×

Estoniya: magistratura kurslari uchun 350 yevro oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

10.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

2460 marta

Estoniyada joylashgan Tallin Universiteti magistratura kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ajratiladigan Dora Plus Activity 2:1 grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Tallin universiteti magistratura kurslarida ta’lim oluvchi xorijlik iqtidorli talabalar sonini ko’paytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida taqdim etiladi. Tallin universitet magistratura kurslari bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talabalar oyiga 350 yevro stipendiyani qo’lga kiritadilar. Stipendiyalar har o’quv yilida 10 oy davomida beriladi. Magistraturada birinchi bosqichni tamomlagach, grantga qaytadan ariza berish talab etiladi.

Talablar:

  • Nomzod Tallin universiteti magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan va to’liq stavkada o’qishi kerak.
  • Nomzod qabul qilingan kurs ingliz tilida bo’lishi zarur.
  • Nomzod Estoniya fuqarosi bo’lmasligi, ariza topshirilayotgan vaqtda Estoniyada yashamasligi va so’nggi 3 yil ichidan bir yildan ortiq muddat Estoniyada bo’lmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavr kursida yuqori baholarga o’qigan bo’lishi va magistratura kursida ham ko’rsatkichlari pasayib ketmasligi shart.
  • Nomzod Dora Plus grantidan boshqa grant sohibi bo’lmasligi zarur.
  • Agar nomzodga grant belgilansa va u o’qish davomida 30 kundan ortiq muddatga o’qishdan ketsa (almashinuv dasturlari va boshqa maqsadlar bilan), grant bekor qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Avvaliga magistratura kursiga ariza topshiring. Kursga qabul qilinganingiz ma’lum bo’lgandan so’ng grantga ariza berishingiz mumkin bo’ladi.
  2. Dora Plus grantiga bu yerda ariza topshiring. Onlayn ariza ushbu sahifada “Electronic Application” deb ko’rsatilgan bo’ladi. Hozirda Tallin universiteti magistratura kurslari uchun qabul yopiq. Agar Tallin universitetiga 2020-yilgi semestr uchun hujjat topshirgan bo’lsangiz, Dora Plus grantiga arizalarni hozir yuborishingiz mumkin. Agar hali hujjat topshirmagan bo’lsangiz, 2021-22 o’quv yiliga qabul boshlanganda hujjat topshiring. Arizalar qabuli qishda ochiladi. Hujjat topshirish niyatidagi nomzodlar qabul boshlangunicha hujjatlarini tayyorlashlari tavsiya etiladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr kursi diplomi ilovasi bilan
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Pasport nusxasi

 

Ma’lumot uchun Joanna Liiv’ga joanna.liiv@tlu.ee manzili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!