×

Victoria University of Wellington: teatr, musiqa, film va dizayn bo’yicha magistratura kurslari uchun 10 470 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1481 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan Victoria University of Wellington tomonidan beriladigan Master of Fine Arts (Creative Practice) Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan Master of Fine Arts (Creative Practice) magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun ajratilgan. Ushbu magistratura kursi 1 yil davom etadi. Kurs haqida batafsil ma’lumot bu yerda. Master of Fine Arts (Creative Practice) magistratura kursida quyidagi yo’nalishlar mavjud:

  • Film
  • Musiqa
  • Dizayn
  • Teatr

Shu universitet tomonidan huquqshunoslik yo’nalishi uchun beriladigan yana bir grant bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

San’at bo’yicha magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga kurs uchun kontrakt to’lovi uchun 5 000 Avstraliya dollaridan (3 490 AQSh dollari) 15 000 Avstraliya dollarigacha (10 470 AQSh dollari) grant beriladi (teatr yoki film yo’nalishlari uchun). O’qish to’lovlari haqida batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirgan yo’nalishda ijod qila olishini ko’rsata olishi, ish va san’at namunalariga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS yoki TOEFL kabi testlardan necha ball talab etilishi haqida batafsil bu yerdao’qing. Qabul uchun barcha talablar esa bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Master of Fine Arts (Creative Practice) kursiga ariza topshirish kerak. 2021-yil 22-fevralda boshlanadigan kurslar uchun arizalarni 2020-yil 1-dekabrgacha topshirish zarur. Ariza topshirish uchun ariza to’ldirib, kerakli hujjatlar bilan birga pochta yoki kuryer orqali universitetga yuborish kerak. Kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • Ingliz tili testi sertifikati;
  • Diplom va baholarning rasmiy, ingliz tilidagi nusxasi;
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Kursning qaysi yo’nalishiga hujjat topshirilganiga qarab boshqa hujjatlar (masalan, san’at namunalari) ham talab etiladi. Batafsil bu yerda o’qing.

Kuryer uchun manzil:

Wellington University International, Victoria University of Wellington, Level 2, Easterfield Building, Kelburn Campus, Kelburn Parade, Wellington, NEW ZEALAND

Pochta uchun manzil:

Wellington University International, Victoria University of Wellington, PO Box 600, Wellington 6012, NEW ZEALAND.

Ariza topshirish jarayoni va tartibi haqida batafsil bu yerda o’qing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!