×

Columbia Business School: magistratura kursi uchun 30 ming AQSh dollarigacha grant dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1648 marta

AQShning Nyu York shtatida joylashgan Columbia Business School oliygohi International MBA Scholarship grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Columbia Business School oliygohida o’qitiladigan magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga magistratura kursi uchun 7500-30000 AQSh dollari miqdorida moliyaviy yordam taqdim etiladi. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. Columbia Business School oliygohi magistratura bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Columbia Business School oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Columbia Business School universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi. Kursga qabul muddati kurs yo’nalishlariga qarab farqlanishi mumkin. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • GMAT yoki GRE test natijasini ko’rsatuvchi sertifikat
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun apply@gsb.columbia.edu elektron manziliga yoki 212-854-1961 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!