Keys-chempionatda ishtirok eting va oʻqishingizni Bank-moliya akademiyasi bakalavriatida 3-kursidan davom ettirish, 12 oylik magistraturada tahsil olish, ish taklifi, grantlar va boshqa imkoniyatlarni qoʻlga kiriting.
Bank-moliya akademiyasiga iqtidorli talabalar uchun koʻp bosqichli tanlov boshlanganligini maʼlum qiladi.
Qabul jarayoni keys-chempionati shaklida oʻtkazildi. Birinchi ochiq keys-chempionatida 1500 ga yaqin nomzodlar ishtirok etdi.
Bank-moliya akademiyasining magistrlik dasturiga kirishni va bank yoki Fintech sohasida MBA darajasini olishni istasovchilarni 2-chi ochiq keys-chempionatiga taklif qiladi. Chempionatda bakalavriatni 3-kursdan Bank-moliya akademiyasida davom ettirishni (oʻqishni koʻchirish orqali) va magistraturada oʻqishni xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Keys-chempionat orqali talabalarni saralab olish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
- Akademiya sayti – qabul.bfa.uz da onlayn tarzda anketani toʻldirish – bu talabgorlarni keys chempionatda qatnashishini birinchi qadami.
- Ijtimoiy tarmoqda jamoani qurish – barcha roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar ijtimoyi tarmoqda oʻzlari 5 kishidan iborat jamoalarni shallantiradilar.
- Akademiya tomonidan tasdiqlangan biznes-keyslarni tanlab, bir xafta muddatda keyslar boʻyicha yechim ishlab chiqish va video taqdimot tayyorlaydilar – oʻz bilim va mahoratingizni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat.
- Javoblar mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi – taqdimotlarga haqiqiy professionallar baho beradi.
- Keys chempionati bosqichida gʻolib jamoalarni tanlash – gʻoliblar Sertifikatlar bilan taqdirlanadi va keyingi bosqichga yoʻllanma oladi.
- Chempionat gʻoliblari Akademiyaga kirish uchun Akademiya sayti –qabul.bfa.uz orqali kerakli parametrlarni koʻrsatgan holda nomzod anketasini toʻldirishadi – bunda talabgor tanlagan mutaxassisligi va koʻchirilayotgan oliy oʻquv yurtini koʻrsatishi kerak.
- Gʻolib jamoa aʼzolari individual testlardan oʻtadilar – avvalgi bosqichda jamoada ishlash mahoratingiz sinov qilingan boʻlsa, bu bosqichda individual bilimlaringizni namoyon etishingiz muhim. Testlar ingliz va rus tillaridan birida, sizning tanlovingizga koʻra oʻtkaziladi.
- Buyurtmachilar bilan yakuniy suhbat (ish taklifi, grant, stipendiya yoki taʼlim krediti yutib olish imkoniyati) – zamonaviy kadr uchun zarur jihatlar – matn va raqamli maʼlumotlar bilan ishlash, maʼlumotlar bilan ishlashda hushyorlik kabi sifatlaringizni sinovdan oʻtkazib, ajoyib imkoniyatlarga ega boʻlishilari mumkin.
- Tanlovning yakuniy qarori – suhbat davri tugagandan soʻng 3 kun muddatda natijalarni bilish imkoniyati. Buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar – ish taklifi, grant, stipendiya yoki taʼlim kreditini tanlash talabgorlar xohishina koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatlarni BMA sayti – http://bfa.uz/ orqali qabul qilinishi va imtihonlarning ham toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilishi bugungi pandemiya sharoitida qatnashuvchilar salomatligiga aslo havf solmaydi.
Imkoniyatlar har doim boʻlishi mumkin, lekin yaxshi imkoniyat kamdan-kam boʻladi.
Koʻp bosqichli tanlov gʻoliblari bakalavriat bosqichini 3-kursdan Akademiyada davom ettirish imkoniyati yoki 12 oylik magistratura bosqichi tinglovchilari safiga qabul qilinadi.
Tanlovda iqtisodiyot yoʻnalishi 3-kurs bakalavriat bosqichi talabalari va magistraturaga kirish istagidagi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish Akademiya sayti orqali 10-oktyabrgacha davom etadi.
https://t.me/BFA_General Akademiya tomonidan maxsus tashkil etilgan telegram guruhda chempionatda ishtirok etish uchun 5 kishidan iborat jamoalar tuzilmoqda, shoshiling.
Batafsil bu yerda tanishing.
Savol va murojaatlar uchun: @BFA_uz_bot
Sharhlar va suhbat uchun: https://t.me/BFA_General
Telegram kanal: https://t.me/bfauz
Veb-sayt: http://bfa.uz/