×

Bank-moliya akademiyasida navbatdagi keys-chempionat


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2593 marta

CHOP ETILGAN

30.09.2020

Keys-chempionatda ishtirok eting va oʻqishingizni Bank-moliya akademiyasi bakalavriatida 3-kursidan davom ettirish, 12 oylik magistraturada tahsil olish, ish taklifi, grantlar va boshqa imkoniyatlarni qoʻlga kiriting.

Bank-moliya akademiyasiga iqtidorli talabalar uchun koʻp bosqichli tanlov boshlanganligini maʼlum qiladi.

Qabul jarayoni keys-chempionati shaklida oʻtkazildi. Birinchi ochiq keys-chempionatida 1500 ga yaqin nomzodlar ishtirok etdi.

Bank-moliya akademiyasining magistrlik dasturiga kirishni va bank yoki Fintech sohasida MBA darajasini olishni istasovchilarni 2-chi ochiq keys-chempionatiga taklif qiladi. Chempionatda bakalavriatni 3-kursdan Bank-moliya akademiyasida davom ettirishni (oʻqishni koʻchirish orqali) va magistraturada oʻqishni xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Keys-chempionat orqali talabalarni saralab olish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Akademiya sayti – qabul.bfa.uz da onlayn tarzda anketani toʻldirish – bu talabgorlarni keys chempionatda qatnashishini birinchi qadami.
  2. Ijtimoiy tarmoqda jamoani qurish – barcha roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar ijtimoyi tarmoqda oʻzlari 5 kishidan iborat jamoalarni shallantiradilar.
  3. Akademiya tomonidan tasdiqlangan biznes-keyslarni tanlab, bir xafta muddatda keyslar boʻyicha yechim ishlab chiqish va video taqdimot tayyorlaydilar – oʻz bilim va mahoratingizni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat.
  4. Javoblar mustaqil hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi – taqdimotlarga haqiqiy professionallar baho beradi.
  5. Keys chempionati bosqichida gʻolib jamoalarni tanlash – gʻoliblar Sertifikatlar bilan taqdirlanadi va keyingi bosqichga yoʻllanma oladi.
  6. Chempionat gʻoliblari Akademiyaga kirish uchun Akademiya sayti –qabul.bfa.uz orqali kerakli parametrlarni koʻrsatgan holda nomzod anketasini toʻldirishadi – bunda talabgor tanlagan mutaxassisligi va koʻchirilayotgan oliy oʻquv yurtini koʻrsatishi kerak.
  7. Gʻolib jamoa aʼzolari individual testlardan oʻtadilar – avvalgi bosqichda jamoada ishlash mahoratingiz sinov qilingan boʻlsa, bu bosqichda individual bilimlaringizni namoyon etishingiz muhim. Testlar ingliz va rus tillaridan birida, sizning tanlovingizga koʻra oʻtkaziladi.
  8. Buyurtmachilar bilan yakuniy suhbat (ish taklifi, grant, stipendiya yoki taʼlim krediti yutib olish imkoniyati) – zamonaviy kadr uchun zarur jihatlar – matn va raqamli maʼlumotlar bilan ishlash, maʼlumotlar bilan ishlashda hushyorlik kabi sifatlaringizni sinovdan oʻtkazib, ajoyib imkoniyatlarga ega boʻlishilari mumkin.
  9. Tanlovning yakuniy qarori – suhbat davri tugagandan soʻng 3 kun muddatda natijalarni bilish imkoniyati. Buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar – ish taklifi, grant, stipendiya yoki taʼlim kreditini tanlash talabgorlar xohishina koʻra amalga oshiriladi.

Hujjatlarni BMA sayti – http://bfa.uz/ orqali qabul qilinishi va imtihonlarning ham toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilishi bugungi pandemiya sharoitida qatnashuvchilar salomatligiga aslo havf solmaydi.

Imkoniyatlar har doim boʻlishi mumkin, lekin yaxshi imkoniyat kamdan-kam boʻladi.

Koʻp bosqichli tanlov gʻoliblari bakalavriat bosqichini 3-kursdan Akademiyada davom ettirish imkoniyati yoki 12 oylik magistratura bosqichi tinglovchilari safiga qabul qilinadi.

Tanlovda iqtisodiyot yoʻnalishi 3-kurs bakalavriat bosqichi talabalari va magistraturaga kirish istagidagi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish Akademiya sayti orqali 10-oktyabrgacha davom etadi.

https://t.me/BFA_General Akademiya tomonidan maxsus tashkil etilgan telegram guruhda chempionatda ishtirok etish uchun 5 kishidan iborat jamoalar tuzilmoqda, shoshiling.

Batafsil bu yerda tanishing.

Savol va murojaatlar uchun: @BFA_uz_bot

Sharhlar va suhbat uchun: https://t.me/BFA_General

Telegram kanal: https://t.me/bfauz

Veb-sayt: http://bfa.uz/

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!