×

UNESCO’ning World Tales tanlovida ishtirok eting va iPad yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2721 marta

UNESCO va Idries Shah fondi tomonidan tashkil etilgan World Tales Short Story Competition hikoyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushu tanlov o’smirlar uchun mo’ljallangan bo’lib, tanlovga bugungi va kelajak muammolari haqida yozilgan qisqa hikoyalar qabul qilinadi. Hikoyalarda iqlim o’zgarishi, inson huquqlarining buzilishi va COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan muammolar ham yoritilishi mumkin. Bunda yosh ishtirokchilar asarlarida muammolarga o’z yondashuvlari va yechimlarini aks ettirishlari kerak. Tanlovning bu yilgi mavzusi – “Once upon a time in my future”.

Grant kimlar uchun?

12-18 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 21 nafar g’olib aniqlanadi.

  • G’oliblarning har biriga iPad sovg’a qilinadi.
  • G’olib hikoyalar to’plam qilib nashr ettiriladi va mualliflariga, mualliflarning maktablariga ham yuboriladi.
  • G’oliblar UNESCO tomonidan uyushtiriladigan onlayn taqdirlash marosimida ishtirok etishadi (pandemiya sababli marosim onlayn ko’rinishda bo’ladi).
  • G’oliblarga sertifikatlar beriladi.
  • G’olib hikoyalar UNESCO saytida e’lon qilinishi mumkin. Tanlov nizomi

Talablar:

  • Tanlovda 12 dan 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin (12 va 18 yoshlilar ham).
  • Tanlovga taqdim etilgan ishlar 250-500 so’zdan iborat qisqa hikoyalar bo’lishi kerak.
  • Hikoyalar ingliz yoki fransuz tilida, Arial 12 shriftida yozilgan bo’lishi zarur.
  • Topshirilgan ishlar kelajakdagi jamiyatlarning adolatli, inklyuziv, tinch, barqaror va bag’rikeng bo’lishi ehtimolligiga oid hikoyalar bo’lishi, voqea va qahramonlar to’qima bo’lishi zarur.
  • Hikoyalar kreativligi va tasavvur kuchiga asoslanib saralanadi.
  • Tanlovga bir ishtirokchi faqat bitta hikoya topshirishi mumkin.
  • Hikoyaga rasm yoki ilyustratsiyalar biriktirish ixtiyoriy.
  • Hikoya ilgari hech qayerda chop etilmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish niyatidagi nomzodlar hikoyalarini 2020-yil 15-oktyabrgacha yuborishlari mumkin. Ariza topshirish jarayoni:

1-qadam. Ishtirokchilarning barchasi tanlov qoidalari bilan tanishib chiqqanlarini tasdiqlab tilxat yozishlari va imzo qo’yishlari kerak bo’ladi. 18 yoshga to’lmagan ishtirokchilar uchun ularning o’qituvchi, murabbiy yoki vasiylari quyidagicha tilxat yozadilar:

“ I, the undersigned Mr/Ms FULL NAME legal representative of FULL NAME, authorize them/him/her to participate in the UNESCO and Idries Shah Foundation “World Tales” Short Story Competition which runs from January 2020 to December 2020.

I read and agreed with the terms of the Competition rules. Signed in CITY, COUNTRY, on the DATE SIGNATURE.

18 yoshga to’lgan ishtirokchilar quyidagicha tilxat yozadilar:

“ I, the undersigned Mr/Ms FULL NAME, am a participant in the UNESCO and Idries Shah Foundation “World Tales” Short Story Competition which runs from January 2020 to December 2020.

I read and agreed with the terms of the Competition rules. Signed in CITY, COUNTRY, on the DATE SIGNATURE.”

2-qadam. Tanlov uchun yozilgan hikoya PDF formatiga keltiriladi.

3-qadam. Hikoyani worldtales@unesco.org elektron manziliga yuboring.

  • Email sarlavhasiga “World Tales” Competition” deb yozing.
  • Email asosiy matniga hikoya nomi;
  • so’zlari soni;
  • muallif ism-sharifi va tug’ilgan yili;
  • vasiy/o’qituvchining ism-sharifi va kontakt ma’lumotlari va
  • qo’lda imzolangan tilxatning skanerlangan yoki suratga tushirilgan suratini joylab, jo’nating.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!