×

Webster Vienna Private University: Avstriyada magistratura kurslari uchun 10 000 yevrogacha grantlar


Grant

MUHLAT

28.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1508 marta

Avstriyada joylashgan Webster Vienna Private University universiteti tomonidan ajratilgan Webster Vienna Private University Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura kurslariga qabul qilingan talabalardan eng yuqori ko’rsatkich va baholarga egalariga beriladi. Venadagi Webster universitetida o’qitiladigan magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzod baholari va boshqa yutuqlariga asosan quyidagi grantlardan birini yutib olishi mumkin:

Webster Vienna – Distinction – 2 yillik magistratura kursi uchun jami 10 000 yevro. Har semestr bo’lib to’lanadi.

Webster Vienna – Merit – 2 yillik magistratura kursi uchun jami 8 000 yevro. Har semestr bo’lib to’lanadi.

Webster Vienna – Honors – 2 yillik magistratura kursi uchun jami 5 000 yevro. Har semestr bo’lib to’lanadi. Grantlar kontrakt to’lovini qoplash uchun sarflanishi kerak.

Grant miqdori kontrakt to’lovini qoplamaydi. Venadagi Webster universitetida magistratura kurslari kontrakt miqdori 28 000 – 37 000 yevro atrofida (butun kurs uchun jami miqdor). Batafsil bu yerda.

Talablar:

  • Nomzod Venadagi Webster universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari o’rtachasi 4 ballik GPA tizimida 3,0 balldan kam bo’lmasligi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim. Minimal talab
  • Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursi uchun belgilangan qabul talablariga to’liq mos bo’lishi kerak. Bu talablar kurslar ro’yxatidagi magistratura kurslari sahifalarida keltirilgan.
  • Nomzod hujjat topshirgan magistratura kursi yiliga kamida 12 kredit soatli bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun beriladi.

1-qadam. Grantga ariza topshirishdan avval magistratura kursiga bu yerda imkon qadar erta hujjat topshiring. Grantga hujjat topshirish uchun avvaliga magistratura kursiga qabul qilinganingiz aniq bo’lishi zarur. 2021-yil kuzgi magistratura kurslariga arizalar 2021-yil 28-fevralga qadar qabul qilinadi. Batafsil bu yerda.

Magistratura kursiga qabul uchun kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr kursi baholari va diplomi nusxasi;
  • Ingliz tili testi natijalari;
  • Insho (MBA kursi uchun insho haqida bu yerda o’qing);
  • CV;
  • Pasport nusxasi;
  • Bitta tavsiyanoma.

Hujjatlar qabul qilingach, qabul uchun onlayn suhbat bo’lib o’tadi. Magistratura qabul haqida savollaringiz bo’lsa, bu yerga murojaat qiling.

2-qadam. Magistratura kursiga qabul qilinganligingiz haqida ma’lumot olgach, grant uchun qachongacha ariza berish mumkinligini aniqlashtirib oling. Keyin esa bu yerda grantga hujjat topshiring.

Grant uchun quyidagi mavzulardan faqat bittasiga insho yozish talab etiladi:

Many students at Webster Vienna Private University have cultural heritage, skill, or talent that defines them and enriches the lives of their peers. If you hold such an interest or have a unique background, please share more in a 1000-1200 word essay

yoki

Many believe that we learn from our mistakes. In a 1000-1200 word essay, describe a situation or experience where you learned from failure. Explain the situation, what actions you took, and how you learned from this experience.

Savollaringiz bo’lsa, scholarship@webster.ac.at elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!