AQShda joylashgan Transylvania University tomonidan taqdim etiladigan #YouAreWelcomeHere Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur doirasida Transilvaniya universiteti bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan 2 nafar xorijlik talabaga grant beriladi. Kurslar ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan talabaning o’qish to’loviga 50% chegirma qilinadi. Transilvaniya universitetida o’qish, yotoqxona va oziq-ovqat to’lovi taxminan 56 000 AQSh dollariga teng. Batafsil
Talablar:
Nomzod:
- AQSh fuqarosi bo’lmasligi;
- Maktab/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi;
- Baholari yuqori bo’lishi;
- Transilvaniya universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi (IELTS 6,0, TOEFL IBT 80);
- Akademik va darsdan tashqari turli yutuqlarga erishgan bo’lishi;
- Ijtimoiy faol bo’lishi kerak.
- SAT/ACT imtihonlari natijalarini ixtiyoriy ravishda topshirish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Avvaliga bakalavr kursiga hujjat topshiring. Bakalavr kursiga arizalar bu yerda topshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
- Diplom va baholar;
- Til sertifikati;
- Shaxsiy bayonot (“personal statement”) inshosi;
- Tavsiyanoma;
- Ustozning tavsiyanomasi;
Kursga hujjat topshirgach, grant arizasini to’ldirib, Alice Schaaf’ga aschaaf@transy.edu manzili orqali 1-dekabrgacha yuboring.