×

Transylvania University: Bakalavr kurslarini AQShda o’qish uchun 50% grant


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

884 marta

AQShda joylashgan Transylvania University tomonidan taqdim etiladigan  #YouAreWelcomeHere Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur doirasida Transilvaniya universiteti bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan 2 nafar xorijlik talabaga grant beriladi. Kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaning o’qish to’loviga 50% chegirma qilinadi. Transilvaniya universitetida o’qish, yotoqxona va oziq-ovqat to’lovi taxminan 56 000 AQSh dollariga teng. Batafsil

Talablar:

Nomzod:

  • AQSh fuqarosi bo’lmasligi;
  • Maktab/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi;
  • Baholari yuqori bo’lishi;
  • Transilvaniya universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi (IELTS 6,0, TOEFL IBT 80);
  • Akademik va darsdan tashqari turli yutuqlarga erishgan bo’lishi;
  • Ijtimoiy faol bo’lishi kerak.
  • SAT/ACT imtihonlari natijalarini ixtiyoriy ravishda topshirish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvaliga bakalavr kursiga hujjat topshiring. Bakalavr kursiga arizalar bu yerda topshiriladi. 

Kerakli hujjatlar:

Kursga hujjat topshirgach, grant arizasini to’ldirib, Alice Schaaf’ga aschaaf@transy.edu manzili orqali 1-dekabrgacha yuboring.

Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!