AQShda joylashgan Transylvania University tomonidan taqdim etiladigan International Merit Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur doirasida Transilvaniya universiteti bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan xorijlik talabalarga grant beriladi. Kurslar ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan talabaning o’qish to’loviga chegirma sifatida 10 000 AQSh dollaridan 24 000 AQSh dollarigacha qilinadi. Grant miqdori talabaning o’rtacha bahosi (GPA) hamda ACT testida olgan balli asosida belgilanadi.
Transilvaniya universitetida o’qish, yotoqxona va oziq-ovqat to’lovi taxminan 56 000 AQSh dollariga teng. Batafsil
Talablar:
Nomzod:
- AQSh fuqarosi bo’lmasligi;
- Maktab/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi;
- Baholari yuqori bo’lishi;
- Transilvaniya universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirgan bo’lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi (IELTS 6,0, TOEFL IBT 80);
- Akademik va darsdan tashqari turli yutuqlarga erishgan bo’lishi;
- Ijtimoiy faol;
- ACT testini topshirgan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutib olish uchun bakalavr kursiga hujjat topshirish yetarli. Bakalavr kursiga arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza yuborishning oxirgi kuni – 2020-yil 1-dekabr. Ariza to’ldirish masalalari bilan aschaaf@transy.edu manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Agar qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lsa, bu yerda so’rov yuboring.
Kerakli hujjatlar:
- Diplom va baholar;
- Til sertifikati;
- Shaxsiy bayonot (“personal statement”) inshosi;
- Tavsiyanoma;
- Ustozning tavsiyanomasi;
Murojaat uchun: FinancialAid@transy.edu