Avstraliyada joylashgan University of Western Australia tomonidan taqdim etiladigan UWA MBA Full Time International Achievement Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan full-time MBA (kurs kodi: 43520) kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun mo’ljallangan. Dastur doirasida 10 nafar eng yuqori natijalarga erishgan talabalarga 100% grant ajratish nazarda tutilgan.
Grant kimlar uchun?
MBA kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant berilgan talaba 1 yillik magistratura kursi kontrakt to’lovidan ozod etiladi. Grant kontrakt to’lovini qoplasa ham, yashash xarajatlari o’z ichiga olmaydi. Avstraliyada yashash qanchaga tushishi haqida bu yerda o’qing.
Talablar:
Nomzod:
- MBA full-time (43520) kursiga hujjat topshirishi;
- Kursga barcha qabul talablariga mos bo’lishi;
- GMAT testidan kamida 650 ball to’plagan bo’lishi;
- Shu kurs uchun boshqa to’liq grant sohibi bo’lmasligi kerak.
Magistratura kursiga qabul talablari:
- Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi;
- Baholari kamida 50% bo’lishi;
- GMAT testidan kamida 650 ball to’plagan bo’lishi;
- MBA ga yaqin sohada kamida 2-3 yil ish tajribasiga ega bo’lishi;
- Ingliz tilidan kamida IELTS 6,5 yoki boshqa test sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura kurslariga 2020-yil 1-dekabrga qadar hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- Personal statement
- CV
- Ingliz tili va GMAT testi sertifikatlari
- Ikkita tavsiyanoma
- Baholar.
Murojaat uchun courseworkschols@uwa.edu.au manziliga ingliz tilida e-mail yuboring yoki bu yerga bosing.