×

University of Western Australia: MBA kurslari uchun 100% grant! Joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1571 marta

Avstraliyada joylashgan University of Western Australia tomonidan taqdim etiladigan UWA MBA Full Time International Achievement Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan full-time MBA (kurs kodi: 43520) kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun mo’ljallangan. Dastur doirasida 10 nafar eng yuqori natijalarga erishgan talabalarga 100% grant ajratish nazarda tutilgan. 

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talaba 1 yillik magistratura kursi kontrakt to’lovidan ozod etiladi. Grant kontrakt to’lovini qoplasa ham, yashash xarajatlari o’z ichiga olmaydi. Avstraliyada yashash qanchaga tushishi haqida bu yerda o’qing.

Talablar:

Nomzod:

  • MBA full-time (43520) kursiga hujjat topshirishi;
  • Kursga barcha qabul talablariga mos bo’lishi;
  • GMAT testidan kamida 650 ball to’plagan bo’lishi;
  • Shu kurs uchun boshqa to’liq grant sohibi bo’lmasligi kerak.

Magistratura kursiga qabul talablari:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi;
  • Baholari kamida 50% bo’lishi;
  • GMAT testidan kamida 650 ball to’plagan bo’lishi;
  • MBA ga yaqin sohada kamida 2-3 yil ish tajribasiga ega bo’lishi;
  • Ingliz tilidan kamida IELTS 6,5 yoki boshqa test sertifikatiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura kurslariga 2020-yil 1-dekabrga qadar hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

Murojaat uchun courseworkschols@uwa.edu.au manziliga ingliz tilida e-mail yuboring yoki bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!