×

Viadrina Fast Track grant dasturi: Germaniyada madaniyatshunoslik, iqtisod va huquq yo’nalishlarida bakalavr kurslari uchun 9000 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

04.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2855 marta

Maktabning bitiruvchi sinfida tahsil olayotgan va bakalavr kursini Germaniyaning Europa-Unievrersitat Viadrina universitetida o’qishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun Viadrina Fast Track grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. DAAD va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan ushbu dastur Sharqiy Evropa (Evropa Ittifoqi tashqarisida), Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi maktabda o’qiyotgan va o’qishni tugatgandan so’ng darhol Frankfurt-an-Oderdagi Evropa Viadrina Universitetiga kirishga qiziqqanlar uchun mo’ljallangan. Dastur doirasida quyidagi bakalavr kurslariga grant yutib olish mumkin:

Madaniyatshunoslik

Xalqaro korxonalar iqtisodiyoti

Huquq va iqtisod

Dasturga qabul qilingan talabalar bakalavriatda o’qish boshlanishidan avval 2021-yil iyuldan sentyabrgacha uch oylik tayyorlov kursida o’qishadi. Bu kursni muvaffaqiyatli tamomlab, belgilangan imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tgach, o’qishni bakalavriat bosqichida davom ettiradilar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga yiliga 9000 yevro stipendiya to’lanadi. Ammo Germaniyaga viza olish uchun hisobingizda kamida 10 236 yevro mablag’ borligini ko’rsatishingiz kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod maktab/litsey/kollejni 2021-yilda tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  • Baholari yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod nemis tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. Til bilish darajasi sertifikat bilan ko’rsatiladi.
  • Bakalavr kurslariga qabul talablari kurs yo’nalishidan kelib chiqib belgilanadi. Qabul uchun qo’shimcha talablar bilan tanishish uchun universitet bilan bog’laning.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishing. Viadrina Fast Track dasturiga saralash jarayoni uch bosqichdan iborat:

  • Kerakli hujjatlarni 2021-yil 4-yanvarga qadar topshirish zarur.
  • Ilk saralashdan o’tgan nomzodlar mart oyida bo’lib o’tadigan TestAS imtihonini topshirishladi so’raladi.
  • Testni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar aprel oyida video suhbatga taklif qilinadi.
  • Suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar 2021-yil iyul oyida Frankfurt shahriga oxirgi saralash jarayonida ishtirok etish uchun borishlari kerak bo’ladi. 

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsion insho
  • Nemis tilidan B2 sertifikati (TestDaF, OnSET yoki Gyote instituti sertifikati)
  • Tarjimai hol
  • Xorijga chiqish pasportining fotosurat ko’rsatilgan beti nusxasi
  • Fotosurat.

Barcha hujjatlar topshirilgach, ariza to’ldirilgan onlayn portaldan tayyor arizani ilovalariga qo’shib saqlab olish mumkin bo’ladi. Shu hujjatni yuklab olib, chop etib, shaxsiy imzongizni qo’ying va yana skanerlab college@europa-uni.de manziliga 2021-yil 4-yanvarga qadar jo’nating. Agar bu hujjat jo’natilmasa, ariza to’liq hisoblanmaydi va grant uchun ko’rib chiqilmaydi. 

Ushbu grantni qo’lga kiritib, Germaniyada tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbatni bu yerda o’qing.

Murojaat uchun head-office@euv-frankfurt-o.de yoki +49 335 5534 2485 orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!