×

Germaniyada grant asosida o’qiyotgan o’zbek talabasi bilan suhbat


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2470 marta

CHOP ETILGAN

28.07.2018

1. O’zingiz haqingizda qisqacha so’zlab bersangiz.

Ismim Hazratova Mohigul. 1999 yilda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug’ilganman. 2005-2009 yillar oralig’ida Toshkent shahridagi 225-sonli maktabda  tahsil oldim. 2009-2014 yillarda esa Farg’ona shahridagi 10-sonli umumiy o’rta talim maktabida o’qiganman. 9-sinfda viloyat olimpiadasida nemis tilidan 2-o’rinni egallab, Samarqand shahridagi 1-son SamISI qoshidagi akademik litseyga imtiyozli ravishda o’qishga qabul qilinganman. Litseyni 2017-yili bitirdim.

2. Germaniyada qaysi kurs yoki qaysi bosqichda o’qiyapsiz?

Hozirda Germaniyadagi Europa-Universität Viadrina tomonidan tashkil qilingan 3 oylik bakalvrga tayyorlov kursida iqtisod yo’nalishida o’qiyapman. Bu kurs oxirida imtihon topshiriladi va imtihondan muvaffaqiyatli o’tganar, bakalavrda o’qishni boshlaydi. Men ham imtihondan o’tib, qishki semesterdan (oktabrdan) bakalavrda o’qishni boshlayman, nasib.

3. O’qishga qaysi grant asosida? 

Bu kursga Viadrina Fast Track stipendiyasi  bilan qabul qilindim. Stipendiya oktyabr oyidan boshlab bir yil muddatga beriladi va oyiga 400yevroni tashkil qiladi. 3 oylik kurs davomida institut stipendiatlarga yotoqxona pulini to’laydi, institut oshxonasida bepul ovqatlanish uchun ticket (chipta) beradi, o’quv materiallari bilan ham taminlaydi.

4. Grantni yutish uchun nimalar talab qilinadi?

Bu stipendiyani yutib olish uchun talab etiladigan narsalar uncha ko’p emas. Nemis tilini B2 yoki C1 darajada bilsangiz va topshirayotgan sohangizga haqiqatdan ham qiziqishingiz bulsa yetarli. Litsey yoki kollejda olgan baholar umuman rol o’ynamaydi.

5. Grantga hujjat topshirish qay tarzda amalga oshiriadi (qanday hujjatlar kerak) va hujjat topshirish muhlatlari qachon?

O’qishga hujjat topshirish uch bosqichdan iborat bo’lib, ikkita ta’lim yo’nalishidan birini tanlaysiz, yani Kulturwissenschaften (madaniyatshunoslik) va Wirtschaftswissenschaften (iqtisod).

1-bosqichda 10-dekabr va 10-yanvar oralig’ida yozma shakldagi hujjatlar online portalga joylashtiriladi (www.europa-uni.de/viadrinafasttrack).

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsiya xati( Motivationsschreiben)
  • Tarjimayi hol (aktueller Lebenslauf)
  • Nemis tilini bilish darajangizni tasdiqlochi hujjat kamida B2 (TestDaF-, Goethe-, Onset- Zertifikat)
  • Passport nusxasi
  • 3×4 fotosurat.

Portaldan hujjatlaringizni junatilganligini tasdiqlovchi dokument keladi va u pdf shaklida quyidagi manzilga jo’natiladi: fast-track@europa-uni.de.

1-bosqichdan o’tsangiz, sizni TestAS imtihonini topshirishga taklif qilishadi. Imtihon Toshkentdagi Goethe institutida topshiriladi. Imtihon bosqichidan muvaffaqiyatli o’tsangiz, 3-bosqich – suhbatga taklif etilasiz. Suhbat bo’lib 15 daqiqa davom etadi va bunda sizni individuallik qobiliyatingiz yani chet elda mustaqil yashab qaror qabul qila olish salohiyatingiz tekshiriladi. Suhbat Skype orqali amalga oshiriladi.

6. Grant yutish uchun nemis yoki ingliz tilini bilish shartmi? Shart bo’lsa, qay darajada bilish kerak?

Bu grandni yutish uchun nemis tilini kamida B2 darajada bilish kerak.

7. Grantni yutganingizda qaysi tillarni qay darajada bilardingiz?

Stipendiyani yutganimda nemis tilini C1, rus tilini B2, ingliz tilini A2 darajada bilardim.

8. Grantni uchun qanday tayyorgarlik ko’rgansiz?

Stipendiyani qo’lga kiritish uchun yo’nalishim ekonomika bo’lganligi uchun matematika bilan ancha shug’ullanganman, nemis tilini esa litsey davomida chuqur o’rganganman. Asosiy e’tiborni TestAS imtixoniga qaratganman. Chunki bu imtixon eng muhim rolni o’ynaydi va biroz murakkab. Shu sababli bu test uchun ko’proq mantiqni kuchaytiradigan mashqlar misollar (masalan IQ-Test) yechib tayorgarlik ko’rish kerak.

9. Grantlar.uz haqida qisqacha fikringiz.

Grantlar.uz saytiga birinchi marta kirib ma’lumot olmoqchi bo’lganimdayoq katta qiziqish uyg’otgan. Bu yerda dunyoning istalgan davlatiga o’qish uchun turli grantlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etilgan. Ayniqsa bu saytdagi grantlar taqvimi e’tiborga arzigulik. Chunki kirgan zahoti qaysi grantga topshirishga ulgurishni darrov bilib olasiz va o’zingizga qulay vaqtga mo’ljallab qiyinchiliksiz grant topish imkoniyati mavjud bo’ladi sizda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!