×

The Creative Fund: tasviriy san’at asarlari tanlovida ishtirok etib 2500 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

08.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1716 marta

Shutterstock kompaniyasining The Creative Fund tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga tasviriy/grafik usulda tayyorlangan har qanday ijod namunalari – chizilgan suratlar, foto suratlar, ilyustratsiyalar, va boshqalar qabul qilinadi. Tanlovdan maqsad ijodkorlarni qo’llab-quvvatlash, muhim masalalarga omma e’tiborini qaratish va yangi iqtidorlarni kashf qilish.

Tanlovda quyidagi uchta yo’nalishda mukofotlar topshiriladi:

Create for the Climate – iqlim o’zgarishi va unga oid masalalarni aks ettirib, insonlarni harakatga unday oluvchi, ta’sirli asarlar uchun. Yo’nalish haqida nizom

Supporting Invisible Illness – ruhiy kasalliklarga chalingan insonlarga nisbatan bag’rikenglik, tushunish va sabrlilikni targ’ib qiluvchi asarlar uchun. Yo’nalish haqida nizom

The Senior Creatives – 50 yoshdan oshgan ijodkorlarning asarlari uchun. Yo’nalish haqida nizom

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir yo’nalishda bittadan g’olib aniqlanib, ularning har biriga 2500 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan barcha ijodkorlar tasviriy (vizual/grafik) asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga muallif o’zi tomonidan yaratilgan asarlarni taqdim etishi kerak.
  • Tanlovga yuborilgan asar va ishtirokchi qaysi yo’nalish uchun hujjat topshirilsa, shu yo’nalish nizomida ko’rsatilgan qoidalarga mos bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 8-fevralgacha qabul qilinadi. 

Create for the Climate yo’nalishiga arizalar bu yerda topshiriladi.

Supporting Invisible Illness yo’nalishiha arizalar bu yerda topshiriladi.

The Senior Creatives yo’nalishiga arizalar bu yerda qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!