×

Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

05.02.2025

QOLGAN VAQT

45 kun

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

18669 marta

Avstriya poytaxti – Venadagi Markaziy Yevropa universiteti (CEU) magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchi talabalarga bir necha turdagi grantlarni taklif etadi. Grantlar talabalarda akademik koʻrsatkichlari va moliyaviy holatidan kelib chiqib taqdim etiladi. Deyarli barcha magistrlik kurslari uchun universitet tomonidan taklif etiluvchi grantlardan birini qoʻlga kiritish mumkin. Hozirda 2024-yilda boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Barcha magistrlik kurslarida oʻqish uchun grant olish mumkin. Universitetda mavjud magistratura kurslari bilan batafsil bu yerda tanishing

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlar koʻrsatkichlari va moliyaviy holatida qarab, quyidagi grantlarning birini qoʻlga kiritishi mumkin:

1. CEU Master’s Excellence Scholarship:

  • Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma beriladi.
  • Oyiga 1000 yervo stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2. CEU Master’s Distinction Scholarship:

  • Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma beriladi.
  • Oyiga 750 yervo stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

3. CEU Master’s Scholarship:

  • Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma beriladi.
  • Oyiga 500 yervo stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

4. CEU Master’s Partial Scholarship:

  • Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma beriladi.
  • Oyiga 300 yervo stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Yo’nalishlar bo’yicha kontrakt miqdori va boshqa to’lovlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak. Hozirda 4-kursda oʻqiyotgan talabalar ham topshira oladi, bunda nomzod oʻqiyotgan universitetidan magistrlik kursi boshlanguniga qadar bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritishi haqida maʼlumotnoma taqdim etishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Nomzod kamida TOEFL 88 yoki IELTS 6.5 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Grantni qo’lga kiritish uchun tegishli magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirish va qabul qilinish lozim.
  • Iqtisodiyot va biznes fakultetidagi ba’zi yo’nalishlar GRE yoki GMAT sertifikatini talab qiladi.

Batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura kursi uchun ariza topshirish davomida onlayn arizaning “Funding” boʻlimini to’ldirilishi orqali arizachi grant uchun nomzod sifatida ko’rib chiqiladi. Shuningdek arizachi grantning aynan bir turini o’zi tanlash huquqiga ega emas, u topshirgan hujjatlar asosida grantlarning qaysidir biri uchun mos deb topilishi mumkin.

Magistrlik kurslariga ariza topshirish uchun 2 ta asosiy qabul sanasi belgilangan:

  1. Grantlardan birini qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan nomzodlar 2025-yil 5-fevralgacha ariza topshirishi lozim.
  2. Grantsiz, oʻz hisobidan oʻqimoqchi boʻlgan nomzodlar 2024-yil 15-aprelgacha ariza topshirishi lozim.

Nomzod bir vaqtning o’zida 5 tagacha yo’nalish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega. Arizalar onlayn tarzda topshirilib, barcha hujjatlar elektron tarzda taqdim etiladi. Onlayn ariza to’lovi ham mavjud bo’lib, nechta yo’nalishga ariza topshirishdan qat’iy nazar arizachidan 30 yevro to’lov to’lash talab qilinadi. Hujjatlar maxsus platformada topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Akademik yozma ish – har bir fakultet arizachilardan esse, tadqiqot taklifi (research proposal), o’qish maqsadi (statement of purpose) kabilardan birini yozib topshirishni talab etadi. Fakultetlar bo’yicha akademik yozma ish talablari bilan bu yerda tanishing.
  • 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanoma siz o’qigan universitetdagi oʻqituvchi yoki ishlasangiz ishdagi nazoratchingiz (ish beruvchingiz) tomonidan berilishi kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida yozilishi hamda bevosita tavsiya beruvchi tomonidan onlayn tizimga orqali topshirilishi kerak. Bunda nomzod tavsiya beruvchilarni onlayn tizimda roʻyxatdan oʻtkazadi. Nomzod oʻqish uchun onlayn ariza topshirganidan soʻng tavsiya beruvchilarga email yuboriladi va ular 7 kun ichida tavsiyanomani topshirishi kerak.
  • Bakalavriatda olgan baholar va bakalavrlik diplomi. Hali 4-kursda oʻqiyotganlar hozirga qadar olgan baholari va universitetdan oʻqish boshlangunicha bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritishi haqida maʼlumotnoma topshiradi.
  • CV yoki Resume.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 88.
  • GRE yoki GMAT sertifikati (agar talab qilinsa). Bu sertifikat faqat ayrim yoʻnalishlarga hujjat topshirish uchun talab etiladi.
  • Toʻldirilgan CEU ariza shakli (onlayn).

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan holda topshirilishi lozim.

Yuqorida sanalgan hujjatlar, ularning taʼrifi va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Magistratura kurslari va ularning talablari bilan oʻzingizga kerakli magistrlik kursini tanlash orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin universitet rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!