×

ECT+ Erasmus Mundus: Yevropada magistratura – bepul o’qish, stipendiya va boshqa xarajatlar uchun qo’shimcha yordam puli!


Grant

MUHLAT

28.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

3154 marta

Yevropa davlatlaridagi universitetlarda o’qish uchun tashkil etilgan eng nufuzli qo’shma magistratura dasturlaridan yana biri – Erasmus Mundus Joint Master Degree In Environmental Contamination And Toxicology (ECTPLUS) kursi va shu kurs uchun ajratilgan to’liq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Magistratura kursi atrof-muhit ifloslanishi va zaharlanishi mavzulariga ixtisoslashgan va bu kurs talabalari 2 yillik o’qish davomida Yevropaning Norvegiya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya va Ispaniya davlatlaridan kamida ikkitasida ta’lim oladi.

Ushbu dastur atrof muhitni toksikologiyasi va kimyosiga ixtisoslashgan quyidagi universitetlar hamkorligida tashkil etilgan:

  • Norwegian University of Science and Technology (NTNU) – Norvegiya
  • University of Porto (UPO) – Portugaliya
  • University of Pau et des Pays de l’Adour (UPPA) – Fransiya
  • University of Bordeaux (Ubx) – Fransiya
  • University of Liège (Uliège) – Belgiya
  • University of the Basque Country (EHU) – Ispaniya.

Dastur 2 yil, ya’ni, 4 semestrga mo’ljallangan. Ta’lim tili – ingliz tili.

Kursning birinchi semestri Ubx (Fransiya), ULiège (Belgiya) yoki UPPA (Fransiya) universitetlaridan birida o’qitiladi. O’qish aynan qaysi universitetda bo’lishi talaba tanlagan fanlarga bog’liq. Ikkinchi semestr NTNU (Norvegiya), UPO (Portugaliya) yoki EHU (Ispaniya) universitetlaridan birida bo’ladi. Uchinchi semestrda EHU (Ispaniya) universitetida turli ixtisoslik fanlari o’qitiladi, oxirgi semestr diplom ishi yozishga bag’ishlanadi. Har bir semestr va universitetda qaysi fanlar o’qitilishi haqida batafsil ma’lumot va fanlar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Kursni tamomlagan talabalarga o’zi o’qigan universitetlar tomonidan qo’shma diplom taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ECTPLUS kursida o’z hisobidan, grantsiz o’qish mumkin. Kontrakt to’lovi va boshqa xarajatlar miqdori bilan bu yerda tanishing. Grant yutolmagan nomzodlarga kontrakt to’lovi taxminan 7000 yevro miqdorigacha tushirib berilishi mumkin, lekin bu kafolatlanmaydi.

Grantga hujjat topshirgan nomzodlar orasidan eng munosiblariga to’liq grant beriladi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Talabaning kontrakt to’lovi va universitetga qilinadigan, o’qishga oid barcha xarajatlari qoplab beriladi.
  • Talabaga o’qish nihoyasiga yetguniga qadar har oy stipendiya
  • Talabaning sug’urta xarajatlari qoplab beriladi.
  • Talabaga bir davlatdan boshqasiga ko’chish, safar va joylashib olish xarajatlari uchun qo’shimcha mablag’

Talablar:

  • Hujjat topshirish uchun nomzod biologiya fanlari, kimyo, geologiya, fizika fanlari va muhandislik kabi yo’nalishlarda bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Baholari qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi.
  • Dasturga hujjat topshirgan nomzodlar bakalavr diplomining mosligi, baholari va ECTPLUS dasturi yo’nalishiga mos sohalarda to’plagan tajribasi asosida saralanadi. Qabul uchun eng asosiy mezonlar – nomzodning akademik ko’rsatkichlari va akademik potensiali hisoblanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida ILETS 6,5 yoki boshqa xalqaro ingliz tili testlaridan shunga teng ball sertifikati talab qilinadi. Fransuz, Ispan kabi boshqa chet tillarini bilish ixtiyoriy.
  • Qabul uchun barcha talablar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. 28-fevralgacha ECTPLUS dasturiga hujjat topshirgan nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Bunda magistratura arizasining grantga aloqador qismida grant uchun da’vogarlik qilishingizni belgilab o’tishingiz kerak. Ushbu magistratura kursida grantsiz, o’z hisobidan o’qish istagidagi nomzodlar 31-maygacha hujjat topshirishlari mumkin. 28-fevraldan keyin kelib tushgan barcha arizalar faqat kontrakt asosida o’qishga qabul uchun ko’rib chiqiladi.

Arizani boshlash uchun bu yerga bosing.

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va baholar
  2. Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi va baholari
  3. CV
  4. Motivatsiya xati
  5. “Proposed Study Plan Form” (o’qish rejasi)
  6. Pasport nusxasi
  7. Yashash joyi haqida ma’lumotnoma (bu haqida bu yerda o’qing)
  8. “Erasmus+ Scholarship Mandatory Declaration” (onlayn arizada ko’rsatilgan)
  9. Ingliz tili testi sertifikati
  10. Pasport o’lchamidagi fotosurat
  11. “Self-Funded Student Declaration” (faqat o’z hisobidan o’qishni xohlovchi nomzodlar uchun)
  12. Arizaga aloqasi bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa hujjatlar.

Hujjat topshirishdan avval kerakli hujjatlarni tayyorlash, topshirish va boshqa qoidalar bilan batafsil bu yerda tanishib chiqing.

Murojaat uchun: ect@ectplus.eu.

Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!