Buyuk Britaniyada joylashgan Edinburg Universiteti tomonidan beriladigan Edinburgh Global Undergraduate Mathematics Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar School of Mathematics (matematika fakulteti) tarkibidagi bakalavr kurslariga hujjat topshirgan eng iqtidorli nomzodlarga erishgan yutuqlari, baholari va boshqa akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi. Kurslar ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Matematika bo’yicha bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi doirasida talabaga o’qish tugaguniga qadar 5 000 funt sterling miqdorida grant har yili berib boriladi. Kontrakt to’lovi haqida rasmiy ma’lumot bilan bu yerda tanishing.
Talablar:
- Nomzod maktab/kollej/litseyni kamida 70% baho bilan tamomlagan bo’lishi zarur.
- Nomzod foundation kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
- Nomzod matematika fakulteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Barcha qabul talablari
Dasturga qabul jarayoni:
Grant va bakalavr kursiga arizalar bir-biridan alohida topshiriladi.
Avvaliga bakalavr kursiga hujjat topshiring. Hujjatlarni mart oyidan avval topshirish tavsiya qilinadi. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing.
Bakalavr kursiga ariza uchun kerakli hujjatlar:
- Maktab/kollej/litsey diplomi va baholari.
- Foundation kursi sertifikati.
- Personal statement.
- Tavsiyanoma.
- Arizani qo’llab-quvvatlovchi boshqa hujjatlar. Bu hujjatlar turli sertifikatlar va nomzodning akademik, ijtimoiy yutuqlarini ko’rsatuvchi boshqa hujjatlar bo’lishi mumkin.
Bakalavr kursiga hujjat topshirgandan keyin grantga ariza berish mumkin bo’ladi. Grantga ariza bu yerda beriladi.
Bakalavr kursiga hujjat topshirgandan keyin grant arizasi ochilishi uchun taxminan 10 kun vaqt ketadi, shuning uchun bakalavr kursiga arizani imkon qadar ertaroq topshiring. Grantga ariza topshirishning oxirgi kuni – 31-mart.
Murojaat uchun: ug-enquiries@maths.ed.ac.uk. Grantga ariza topshirish mavzusida so’ralgan savollarga javoblar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.