×

THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

8955 marta

PayPal asoschisi, tadbirkor va investor Peter Thiel tomonidan 2011-yilda asos solingan THIEL Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur muhim, foydali g’oyalarga ega bo’lgan tirishqoq yoshlar uchun mo’ljallangan. Dasturga universitetga o’qishga kira olmagan, o’qishga topshirmagan yoki hozirda talaba bo’lganlar ariza topshira oladi.

Dastur shiori – “sinfxonada mixlanib o’tirgandan ko’ra, amaliy ish qilishni xohlovchilarga” yordam berish.

Dastur universitetga hali o’qishga kirmagan yoki hozirda ta’lim olayotgan, 22 yoshdan oshmagan yoshlar uchun mo’ljallangan, lekin hozirda oliy ta’lim muassasasida o’qiyotgan talabalar ham hujjat topshira oladi. THIEL Fellowship aynan universitetda o’qishdan voz kechib, uning o’rniga o’z g’oya va rejalarini amalga oshirish istagidagi yoshlar uchun mo’ljallangani sababli, qabul qilingan yoshlarga biznes g’oyalarini amalga oshirish uchun 2 yil davomida pul mablag’i beriladi, buning evaziga esa ishtirokchi, agar universitet/institutda o’qiyotgan bo’lsa, o’qishini to’xtatadi.

Dasturda startap g’oyalar, hozirda nomzod asos solishga ulgurgan kompaniyani rivojlantirish loyihalari, texnologiya, biznes va boshqa istalgan yo’nalishda amalga oshirish mumkin loyihalar bilan ishtirok etish mumkin. Hujjat topshirish uchun nomzod eng kamida o’z g’oyasini shakllantirgan va ilk qadamlarni tashlagan bo’lishi zarur.

Grant kimlar uchun?

22 yoshgacha bo’lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

THIEL Fellowship dasturiga har yili 20-30 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Ishtirokchilarga 100 000 AQSh dollari mablag’ beriladi. Shuningdek gʻoliblar Jamgʻarma asoschilari, investorlari va olimlari tarmogʻidan yordam olish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

  • Nomzod 22 yoshdan oshmagan bo’lishi va ajoyib loyiha yoki kompaniya yaratish ustida ishlayotgan bo’lishi zarur.
  • Dasturga qabul qilingan nomzod, agar talaba bo’lsa, o’qishini to’xtatishi (tashlashi) kerak bo’ladi.
  • Nomzodga berilgan 100 000 AQSh dollari mablag’ uning loyihasi uchun sarflanadi va qaytarib berilishi talab etilmaydi. Dastur tashkilotchisi ishtirokchining kompaniyasidan hech qanday ulush talab qilmaydi.
  • Loyiha dunyoning istalgan yerida amalga oshirilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun avval bu yerda hisob (account) ochiladi, soʻng onlayn ariza shakli toʻldirilib, kerakli hujjatlar ilova qilinadi. Hujjat topshirish uchun alohida dedlayn (muhlat) mavjud emas. Arizalar yil davomida ko’rib chiqiladi.

Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’ralgan savollarga javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Dastur tashkilotchilari bilan bu yerda tanishing. Murojaat uchun: hello@thielfellowship.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!