×

Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun Fulbright TEA dasturi: AQShda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

21.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

38149 marta

Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi oʻqituvchilar uchun moʻljallangan The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur oʻrta maktab, kollej va litseylarda ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, ilm-fan (science, yaʼni tabiiy fanlar) va ijtimoiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar, jumladan, shu fanlardan dars beruvchi maxsus taʼlim oʻqituvchilariga AQSHda 6 hafta davomida malaka oshirish imkonini beradi.

Ishtirokchi oʻqituvchilar 2025-yilning yanvar yoki sentabr oyida AQSHga joʻnab ketadi hamda mezbon universitetda kasbiy rivojlanish boʻyicha akademik seminarlarda qatnashadi, mezbon universitet va mahalliy oʻrta maktablarning oʻqituvchi va oʻquvchilari bilan oʻz tajribasi hamda bilimlari bilan boʻlishidi va u yerdagi taʼlim jarayonini kuzatadi.

Dastur oʻqitishning yangi metodologiyalari, oʻquvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim, kontentga asoslangan taʼlim, darslarni rejalashtirish boʻyicha umumiy akademik seminarlar va taʼlim berish texnologiyalar boʻyicha malaka oshirish kursidan iborat. Dastur, shuningdek, 40 soatlik amaliyotni ham oʻz ichiga oladi, bunda ishtirokchi oʻqituvchilar AQSHlik hamkor oʻqituvchi bilan birga mahalliy oʻrta maktabdagi mashgʻulotlarda qatnashadi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlab, Oʻzbekistonga qaytgandan keyin oʻqituvchilar asosiy taʼlim materiallari, boshqa oʻqituvchilar uchun treninglar, ishtirokchi Amerika maktablari va Oʻzbekistondagi oʻqituvchi ishlaydigan maktab oʻrtasidagi hamkorlik loyihalari hamda tajriba almashishga xizmat qiluvchi boshqa mashgʻulotlar uchun kichik grantlarga ariza topshirishi mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Har yili ushbu dasturga dunyoning turli mamlakatlaridan 150 dan ortiq oʻqituvchi qabul qilinadi. Ular 2 guruhga boʻlinib, AQSHga tashrif buyuradi.

Grant kimlar uchun?

Maktab, kollej, litsey o’qituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalanadi:

  • J-1 viza olishda yordam.
  • Joʻnab ketishdan oldingi kerakli maʼlumotlar beriluvchi mashgʻulot.
  • AQSHga borish va kelish uchun, shuningdek, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
  • Mezbon universitetda kutib olish tadbiri.
  • Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
  • Bepul turar joy (odatda boshqa ishtirokchilar bilan birga turiladi) va oziq-ovqat.
  • Baxtsiz hodisalar va xastalik boʻyicha tibbiy sugʻurta (sugʻurta avvaldan mavjud kasalliklarni qoplamaydi).
  • Amaliyot oʻtaladigan maktabga qatnash uchun transport taʼminlanadi (agar zarur boʻlsa).
  • Akademik dastur davomidagi qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
  • Kitob/kasbiy rivojlanish uchun mablagʻ.
  • Yuk uchun mablagʻ;
  • Vashingtonda dastur yakuni boʻyicha tadbir.
  • Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati (bu dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlar uchun).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Oʻrta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollajlarida toʻliq stavka asosida ishlaydigan va ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, ilm-fan (science, yaʼni tabiiy fanlar) yoki ijtimoiy fanlardan dars beradigan oʻqituvchilar yoki muassasada shu fanlardan dars beradigan maxsus taʼlim oʻqituvchilari ariza bera oladi. Shuningdek, maktab, listey, kollej yoki muassasa asosan mahalliy aholini oʻqitishga qaratilgan boʻlishi kerak.
  • Dastur boshlanguniga qadar (2025-yil yanvar yoki sentabrga qadar) kamida 3 yillik toʻliq stavkada dars berish tajribsiga ega boʻlish lozim; kamida 5 yil yoki undan ortiq shunday ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ariza bera oladi.
  • Kamida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak. MUHIM: ariza topshirish vaqtida nomzodlardan til sertifikati talab etilmaydi. Saralashning yarim final bosqichiga oʻtganlar 2024-yil may oyida TOEFL imtihonini topshirishi va kamida 45-46 ball olishi lozim. TOEFL imtihoni AQSh elchixonasi tomonidan tashkillashtiriladi.
  • Dastur yakunlangandan keyin dars berishda davom etishga ahd qilgan boʻlish kerak.
  • Ariza va boshqa kerakli hujjatlarni qabul muddati tugashidan oldin toʻliq topshirishi kerak.
  • Nomzodlar arizalar qabuli davrida Oʻzbekistonda boʻlishi kerak.

Eslatma: Dastur oʻrta taʼlim oʻqituvchilari uchun. Oʻrta taʼlim oʻqituvchilari deyilganda taxminan 12-18 yoshdagi oʻquvchilarga dars beruvchi oʻrta maktablar va yuqori maktablar (kollej/litsey) oʻqituvchilari tushuniladi. Agar oʻqituvchi boshqa sinflarga (masalan, boshlangʻich sinflarga) ham bir vaqtda dars bersa, oʻrta va yuqori maktablarda oʻzi oʻqitayotgan oʻquvchilarining ulushi 50% dan koʻp boʻlishi kerak.

Shuningdek, oxirgi 3 yil ichida Study of the United States Institutes (SUSI) yoki International Visitor Leadership Program (IVLP) for professional development kabi almashinuv dasturlari orqali AQSHda borgan nomodlar Fulbright TEA dasturiga ariza topshira olmaydi. Biroq Online Professional English Network (OPEN) onlayn kurslari yoki Massive Open Online Courses (MOOCs) kabi onlayn dasturlarda qatnashganlar Fulbright TEA dasturiga ariza bera oladi. 

Fulbrigt TEA ariza va hujjatlarda taqdim etilgan barcha maʼlumotlarni tekshirish va tasdiqlash huquqiga ega. Agar biror nomzod notoʻgʻri, farqli yoki yolgʻon maʼlumot berilgan boʻlsa, uning ariza bekor qilinadi/koʻrib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2024-yil 20-fevral, soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

MUHIM: Onlayn ariza topshirishni boshlashdan oldin onlayn ariza topshirish boʻyicha qoʻllanma bilan batafsil tanishib chiqing.

Ariza topshrishda onlayn ariza toʻliq toʻldirilishi va quyidagi hujjatlar tizimga quyidagi hujjatlar ham yuklanishi kerak:

  1. Muassasaning qoʻllab-quvvatlovi va tavsiyanoma shakli (Institutional Support and Reference Form). Bu oʻqituvchi ishlaydigan taʼlim muassasasidagi oʻqituvchining narozatchisi (rahbari yoki oʻqituvchi faoliyatini nazorat qilishga masʼul mansabdor) tomonidan toʻldirishi kerak; ingliz tilidan boshqa tilda yozilsa, inglizcha tarjimasi ham qoʻshib topshirilishi kerak. Bu shaklni onlayn ariza tizimidan yuklab olish mumkin.
  2. Vaqtincha ketishga ruxsat shakli (Leave Approval Form). Bu oʻqituvchi ishlayotgan taʼlimmuassasasi direktori tomonidan imzolanishi kerak. Ushbu shaklni onlayn ariza tizimidan yuklab olishingiz mumkin.
  3. Qoʻshimcha hujjatlar: pasport nusxasi, rezyume va h.k.lar.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Email: TashkentEnglish@state.gov (email yozganda mavzu (subject) qismiga “Fulbright TEA” deb yozish lozim.
Tel.: (+998-78) 120-5450 or (+998-78) 140-25-93

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!