×

Oʻqish bepul universitetlar: Technical University of Munich (Germaniya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

21661 marta

CHOP ETILGAN

30.05.2024

Bugun Germaniyada joylashgan oʻqish bepul boʻlgan oliygohlardan biri – Technical University of Munich (TUM) haqida maʼlumot beramiz.

TUM nafaqat Germaniyadagi, balki butun dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Jumladan, TUM QS reytingi boʻyicha 2024-yil may oyi holatiga koʻra dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 37-oʻrinni band etib turibdi.

Universitetda bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida nemis yoki ingliz tilida tahsil olish mumkin.

Xarajatlar

  • Universitetdagi barcha bosqich talabalari uchun aksariyat yoʻnalishlarda oʻqish – bepul, yaʼni kontrakt summasi (tuition fee) toʻlanmaydi.
  • Faqat Executive Master’s Programs (Rahbar kadrlar uchun magistratura dasturlari)ning 3 tasi uchun kontrakt summasi undiriladi (yiliga 39 ming yevro).
  • Qolgan dasturlar uchun kontrakt summasi undirilmasa-da, qaysi kampusda joylashganida qarab har semestr 72 yevrodan 102 yevrogacha toʻlov toʻlanadi (keyingi yillarda bir oz oʻzgarishi mumkin).
  • Shuningdek, talabalar jamoat transportidan foydalanish uchun chegirmali oylik chipta olish huquqiga ega.
  • Shuningdek, TUMning Singapurda joylashgan TUM Asia filialida oʻqitiladigan baʼzi dasturlar uchun ham kontrakt toʻlanadi.

Yoʻnalishlar

Bakalavr bosqichi uchun jami 50 ta yoʻnalish bor. Shulardan 6 tasi toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi. Bular:

Nemis tilida oʻqitiladigan bakalavriat yoʻnalishlari bilan BU YERDA tanishing.

Magistraturada jami 111 ta yoʻnalish mavjud. Shulardan 72 tasi ingliz tilida oʻqitiladi.
👉 Magistratura: ingliz tilidagi yoʻnalishlar.
👉 Magistratura: nemis tilidagi yoʻnalishlar.

Doktorantura bosqichida tadqiqot olib borishni xohlovchilar uchun 4 xil doktorantura dasturlari taklif etiladi va ularning barchasida oʻqish mutlaqo bepul. Ular bilan BU YERDA tanishing.

Doktoranturada ingliz tilida ham, nemis tilida ham oʻqish mumkin.

Talablar

Talablar nihoyatda uzun boʻlgani uchun faqat til talablariga toʻxtalib, qolgan talablarga havola beramiz:

  • Ingliz tilidagi bakalavr kurslari uchun ham, magistratura kurslari uchun ham kamida IELTS 6.5 yoki unga teng boʻlgan boshqa xalqaro sertifikat talab etiladi. BATAFSIL.
  • Nemis tilidagi bakalavr kurslari uchun ham, magistratura kurslari uchun ham kamida Goethe Certificate B2 yoki TestDaF (barcha boʻlimlarda 4-daraja boʻlishi kerak) yoki ularga teng boʻlgan sertifikat talab etiladi. BATAFSIL.
  • Doktorantura uchun aniq til talablari belgilanmagan. Lekin doktorant tadqiqoti davomida ilmiy rahbari bilan ravon suhbatlasha oladigan darajada yo nemis, yo ingliz tilini bilishi kerak.

Qabul jarayoni

– Bakalavriatga arizalar odatda har yili oʻqishni qishki semestrda boshlash uchun 15-iyulgacha va yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi; ayrim dasturlarda qabul sanalari biroz farq qilishi mumkin. Qabul tartibi va jarayoni bilan BU YERDA tanishing.

– Magistratura dasturlari uchun umumiy qabul sanalari mavjud emas. Chunki qabul sanalari yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Qabul sanalarini bilish uchun BU YERGA kirib, kerakli yoʻnalishni tanlab, qabul sanasini koʻring. Shunda ham qabul sanasini aniq bila olmasangiz, tanlagan yoʻnalishingiz kafedrasiga qabul qachon boʻlishini soʻrab email yozishingiz mumkin.

– Doktoranturaga qabul yil boʻyi davom etadi. Doktorantura uchun talablar va qabul jarayoni bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!