Matematika va informatika sohasida yangi talantlarni kashf etish, ularni xalqaro olimpiadalarga olib chiqish, kelajak kadrlarini tayyorlash uchun yangi grant loyihasi eʼlon qilindi.
Loyihaning asosiy maqsadi – IMO va IOI kabi xalqaro olimpiadalar oʻzbek yoshlarini olib chiqishdir. Loyiha butun Oʻzbekistondan 7, 8, 9-sinf oʻquvchilari uchun tashkil qilingan.
Loyihaga saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Matematika yoʻnalishi:
1. Birinchi bosqich: 30 test ikki soat vaqt beriladi. (Oflayn tarzda har bir viloyatda olib boriladi).
2. Ikkinchi bosqich: suhbat va masala ishlash. (Oflayn tarzda Toshkentda oʻtkaziladi).
Informatika:
1. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (onlayn tarzda butun respublika boʻylab olib boriladi).
2. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (oflayn tarzda Toshkent shahrida oʻtkaziladi).
Loyiha gʻoliblari nimaga ega boʻlishadi:
- Aynan IMO va boshqa xalqaro musobaqalarda medal olgan, yillar davomida oʻquvchilarni turli olimpiadalarga tayyorlab kelayotgan oʻqituvchilardan bepul taʼlim olishadi. Darslar haftada olti kun olib boriladi.
- Ular GP 200 aʼzosiga aylanishadi va Toshkent shahridagi nufuzli maktablardan biridan mutlaqo bepul oʻqishadi, loyiha aʼzolari uch yulduzli mehmonxonada yashashadi, ularning yashash, yeb-ichish, hatto kiyim-kechak xarajatlarigacha barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.
- Xalqaro olimpiada uchun saralash bosqichidan oʻtgan oʻquvchilarning aviachipta, olimpiada oʻtkazilayotgan davlatda yashash xarajatlarining ham barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.
- IMO, IOI olimpiadasida medal olish darajasiga borgan oʻquvchilarni dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritishadi.
Bu loyihada kimlar qatnashishi mumkin: Asosiysi matematika va informatikaga qiziqishi, talanti bor, oʻzining buyuk ishlarga qodir ekanligini tushunib yetgan, bilim olishga chanqoq 7,8,9-sinf oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Loyihada ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini toʻldirish lozim.
Loyiha bosh tashabbuskori: asaxiy.uzasaxiy.uz internet-doʻkoni.